Vatan himoyachilari kuni

14- yanvar   mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni nishonlanadi.  Harbiy himoyachilaimiz tun-u kun Vatan sarhadlarini, el-yurt tinchligini qo’riqlaydi,  osmonimiz musaffo bo`lishini ta’minlaydi.   Ushbu bayram munosabati bilan Namangan viloyati 3-kichik tuman harbiy bo’linmasi tomonidan maktabimiz o’quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, ularga harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyati berildi.    Bolalar juda ko’p qiziqarli ma’lumotlarni o’rganishdi. […]

Bilim bizni boshqaradi

«YaKlass» elektron ta’lim platformasi o`quvchilarning darsda olgan bilimlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun qo’shimcha ma’lumotlar manbai hisoblanadi. O’quvchilarimiz ushbu platformadan maksimal darajada foydalanishmoqda, natijada maktabimizning reytingi ham o’sib bormoqda. Maktab o’quvchilarimizning “YaKlass” platformasidan faol foydalanganliklari to’g’risida berilgan guvohnoma buning asosidir.  “IZB” xususiy maktabi saytdagi eng faol ishtirokchilar bo`lib, Rossiyadagi maktablar orasida 2-o’rinda turadi. Bu bizning […]

Shashka musobaqasining saralash bosqichi

Shashka – bu aqlimizni charxlashga va o’ylashga undaydigan sport turi. Ushbu sport turi mantiqiy fikrlash va diqqatni jamlashni o`rgatadi, xotirani rivojlantiradi.              Maktabimiz o’quvchilari maktabda va boshqa hududlarda tashkil etiladigan shashka musobaqalarida judayam ko`tarinki ruhda ishtirok etishadi.  Bugun boshlang`ich sinf  o’quvchilari o’rtasida shashka bo’yicha saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Bolalar judayam yaxshi natijalarni ko’rsatdilar. Keyingi turni intiqlik […]

Ta’til – maktabga bormaslik uchun sabab emas

“IZB” xususiy maktabi eshiklari  o’quvchilarimiz uchun yil davomida, hatto ta’til kunlari ham ochiqdir.  Ta’til davrida bizning tashkilotchi va tashabbuskor o’qituvchilarimiz turli xil qiziqarli madaniy-ma`rifiy ko`ngilochar  tadbirlar, o`quv fanlaridan qo’shimcha mashg`ulotlarni o’z ichiga olgan dasturni tayyorlaydilar. Bolalar o’quv yili yangi choraklarining boshlanishini kutmasdan, maktabga borishlari, u yerdagi do’stlari bilan ko’rishishlari, turli ijodiy va rivojlantiruvchi to’garaklarga, matematika, […]

O`quvchilarimiz matbuot sahifalarida

Bugun viloyatimizdagi “Ruslar markazi” qoshida tashkil etilgan «Yosh jurnalistlar klubi» a’zolari bo’lgan o`quvchilarimiz «Namangan haqiqati» gazetasi tahririyatiga tashrif buyurishdi. Ularga muharrirlik ishi bo’yicha kichik mahorat darsi o’tkazildi. Bolalar juda ko’p qiziqarli ma’lumotlarni bilib oldilar, gazetaning tarixi (1920-yil noyabridan beri nashr etila boshlangan) va tahrirlash jarayoni bilan tanishdilar, o’zlarini muharrir lavozimida sinab ko’rishdi, intervyu olishni o’rganishdi. […]

Osiyo mamlakatlari madaniyati. 7-“A” sinfdagi ochiq dars

25- dekabr kuni “Tarix fani oyligi” doirasida 7-«A» sinfda «Osiyo mamlakatlari madaniyati» mavzusida jahon tarixi fanidan ochiq dars bo’lib o’tdi. Darsda Hindiston, Xitoy va arab mamlakatlari madaniyatining rivojlanish tarixi muhokama qilindi. Sinf jamoalarga bo’lindi, bolalar do’stona ruhda tashkil etligan musobaqada savol-javoblar, munozaralar va bahslarda judayam faol qatnashdilar.  Dars davomida bolalar ushbu mavzu bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini […]

Boshlang’ich sinflarda «Jonli she’riyat» tanlovi.Final.

     Nasriy asarlar asosida tashki etilgan «Jonli she’riyat» tanlovining final bosqichi boshlang’ich sinflar o`rtasida bo’lib o’tdi. O`quvchilar M. Prishvin, N. Nosov, L. Kaminskiy, Z. Dragunskiy, K. Paustovskiy, B. Ganago asarlarini ifodali o’qidilar. Natijalar tahlil qilindi. Barcha ishtirokchilar o’zlarining chiqishlari bilan hammaga zavq ulashishdi, lekin bu tanlov bo`lgani bois g`oliblar saralandi. «Bilimdon» tanlovining  g’olibi  2-sinf o’quvchisi […]

7-“A” va 6-“A”sinflar: «Tilimizni asraylik!»

Bugun 7-“A” va 6-“A”sinflar mehmonlarni «Tilimizni asraylik!» mavzusidagi sinfdan tashqari qo’shma adabiy kechaga taklif qilishdi. Tadbirni rus tili va adabiyoti o’qituvchisi Larisa Ravilyevna olib bordi. Tadbir judayam ko`tarinki ruhda o`tkazildi. O’quvchilar A. Axmatova, A. Oripov, I. S. Turgenevlarning rus tili haqidagi she’rlarini o’qishdi, qo’shiqlar kuylashdi, sahna ko’rinishlari namoyish etishdi. Bolalar nafaqat o’zlarining ijodiy salohiyatlarini, balki […]

Tarix fani oyligi: 6-“A” sinfda ochiq dars

Bugun tarix oyligi doirasida 6-“A” sinfda yosh, ammo tajribali, bilimli tarix o’qituvchisi Leviza Refatovna rahbarligida ajoyib ochiq dars o’tkazildi. Dars mavzusi – «Afinadagi demokratiya». Dars jamoaviy raqobatga asoslangan bo’lib, o`quvchilarni ahillik va faollikka undadi. Bolajonlar tarixni naqadar sevishlari va mavzularni yaxshi o`zlashtirganlari, o’zlarini erkin mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini namoyish etdilar. Dars jarayonida zamonaviy hayot bilan […]

Biz YaKlass-da – TOP-da!

Maktabimiz o`quvchilari “YaKlass” ta’lim platformasidan judayam faol foydalanishmoqda, deb birinchi marta aytayotganimiz yo’q. Mana, o`quv yilining yangi oyi ham boshlandi, lekin maktabimiz  natijalari aslo pasayib ketgani yo`q. Shunday qilib, har kuni saytda olib boriladigan statistik ma’lumotlarga ko’ra (bu yana bizning bolalarning platformadagi faolligini kuzatish va nazorat qilishga yordam beradi), maktabdagi sinflar orasida 6-“A”sinf  o`quvchilari birinchi […]