Osiyo mamlakatlari madaniyati. 7-“A” sinfdagi ochiq dars

27.12.2020

25- dekabr kuni “Tarix fani oyligi” doirasida 7-«A» sinfda «Osiyo mamlakatlari madaniyati» mavzusida jahon tarixi fanidan ochiq dars bo’lib o’tdi. Darsda Hindiston, Xitoy va arab mamlakatlari madaniyatining rivojlanish tarixi muhokama qilindi. Sinf jamoalarga bo’lindi, bolalar do’stona ruhda tashkil etligan musobaqada savol-javoblar, munozaralar va bahslarda judayam faol qatnashdilar. 

Dars davomida bolalar ushbu mavzu bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini turli turli taqdimotlar orqali namoyish etdilar. Bundan tashqari, qiziqarli hujjatli ilmiy-ommabop videofilmlar namoyish etildi. O`quvchilarning o’zlari ham, mehmonlar ham darsdan katta taasurotlar olishdi va ko’plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo`lishdi.

Tarix o’qituvchisi Denis Andreyevichga va 7-«A» sinf o’quvchilariga ushbu ochiq dars va mukammal tayyorgarlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Тилни танланг / Выберите язык