MAKTABIMIZ HAQIDA

Maktabimiz – Namangandagi eng muvaffaqiyatli ta’lim dargohlaridan biridir.
Bunda 1-sinfdan 9-sinfgacha bo`lgan o`quvchilarning davlat ta’lim standartlari asosida kuchli bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Ta’lim rus tilida olib boriladi.
Matematika va ingliz tilidan chuqurlashtirilgan qo`shimcha to`garak mashg`ulotlari faoliyat ko`rsatadi.
Pedagogik jamoamiz – ijodkor, tashabbuskor va o`z kasbining mohir ustalaridir! O`qituvchi va tarbiyachilar o`rtasida yaratilgan ahil do`stona munosabat bolajonlarimizga har qanday muhitga tez moslashish, umuminsoniy qadriyatlarni tushunish va o`zlashtirishga yordam beradi.
Karantin davrida ham o`qishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida masofaviy ta’lim uchun sinfxonalarda yaratilgan a’lo darajadagi sharoitlar va qulay platform yordamida bolalar tafakkurining har tomonlama rivojlanishi, qiziqishlar doirasi, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim berilgani – maktabimizning asosiy yutug`idir.

MAKTABIMIZ SHIORI: QUVONCH ILA O`QI!

Asosiy maqsadimiz – bolaga shunchaki bilim berish emas, balki uning shaxs sifatida o`zligini anglashi, vatanga sadoqatli bo`lish, doimo muvaffaqiyatlarga intilish, keng fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va o`z kuchiga ishonadigan ruhda tarbiyalashdir.

Maktabda qulay ijtimoiy-madaniy muhit yaratilgan bo`lib, bu yerda tarbiyalanuvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi to`garaklarga qatnash imkoniyati mavjud. Asosiy madaniy markazlar maktabimiz atrofida joylashgan: “Barkamol avlod” bolalar ijodiy markazi(tasviriy san’at, badiiy gimnastika, raqs, rabototexnika to`garaklari), “Okean” suzish havzasi, musiqa maktabi, Tennis maktabi, “To`qimachilar” madaniyat saroyi(xoreografiya va gimnastika to`garaklari).

O`zbekiston Respublikasi Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi bilan o`rnatilgan samarali hamkorlik natijasida o`quvchilarimiz ko`plab xalqaro fan olimpiadalari  va ta’lim grantlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`lmoqdalar.

Bugungi kunda viloyatimizning turli tumanlarida maktabimiz qoshida tashkil etilgan uchta bolalar bog`chasi faoliyat ko`rsatmoqda. Bog`cha tarbiyalanuvchilari innovatsion usulda o`qitilib, maktab yoshiga yetgach, boshlang`ich sinflarga o`tkazilmoqda.

Тилни танланг / Выберите язык