Maktabga yordam
  Shaxsiy kabinetga kirish
OTA-ONALAR VA BITIRUVCHILARNING SHARHLARI

Maktab juda zo’r! O’qituvchilar jamoasi  –  shunchaki super! Aynan shu maktabda biz xalqaro olimpiadalarda istirok etishni boshladik. Maktab rahbariyati va jamoasi faoliyatida ijodiy va innovatsion yondashuv!

Yo’ldosheva Madina

Azimova Yasminaning onasi

Toshkent

Farzandlarim an’anaviy ta’lim muassasalaridan sharqona mentalitetga asoslangan o’qitish va dunyoviy ta’limga innovatsion yondoshish bilan ajralib turadigan «Istiqbol zamon bolalari» xususiy maktabida o’qishlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo’lishganidan xursandman. Turli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun sharoit yaratib bergani uchun maktab jamoasiga alohida minnatdorchilik bildiraman

Aziza Mirzanazarova

Oybekning onasi

Namangan

Men bu maktabni hammaga tavsiya qilaman. Ular ijobiy ta’lim tajribasini ta’minlash uchun oilalar bilan hamkorlik qilishadi. O’qituvchilar adolatli va juda tajribali. Eng asosiysi, bu yerda mehribon o’qituvchilar va do`stona muhit mujassam.

Kristina Mamisashvili – Aksoy

Anka Aksoyning onasi

Gruziya

Bizning kelajagimiz aynan “IZB” maktabi bilan bog’liq bo’lib, bu yerda qizim ingliz tili va matematikadan chuqur bilimga ega bo`lmoqda, fikrlash doirasi kengayib, mukammal tarbiya olmoqda. «IZB» maktabi – universitetga kirish uchun yaxshi tramplin

Gnusareva Larisa Raviliyevna

Nastyaning onasi

Namangan

Maktabda mutlaqo psixologik muhit mavjud. Bolalarning bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshiradigan o’qituvchilarni alohida ta’kidlashni istardim. Maktabimizda o’rganish uchun chet tillarni  tanlash imkoniyati mavjud. Xorijdan o’qituvchilar jalb qilingan.

Sarapulova Anjelina

Sultonning onasi

Namangan

Men Matlyuba Ruvajiddinovnani ko’p yillardan beri bilaman. U – o’z sohasining yetuk mutaxassisi. Maktabga yanada yuksalish va yangi muvaffaqiyatlarni tilayman!

Isamuhamedova Dilfuza Sadriddinovna

"Future Education " NTM ijrochi direktori

Toshkent

“IZB” maktabi juda yaxshi, sifatli o`z o`quv dasturga ega va masofaviy o’qitish usuli  an’anaviy usuldan unchalik farq qilmaydigan darajada o’ylangan. Maktabda juda ko`p qiziqarli loyihalar mavjud, qizim ularning ko’pchiligida qatnashadi. Maktab hayotidagi faol ishtiroki tufayli u o’ziga va bilimiga bo`lgan  ishonchini oshirdi. Bunday sifatli ta’lim uchun “IZB” jamoasiga katta rahmat!

Mashrapxo`jaeva Irodaxon

Jasminaning onasi

Toshkent

Ta’lim sohasida ortda qolgan 40 yillik tajribam va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ustoz va xalq ta’limi a’lochisi bo’lganim uchun  ishonch bilan aytishim mumkinki, “IZB” kabi maktablar bolalar uchun voyaga yetganida  zarur bo’lgan bilimlarning asosini yaratadigan kelajak maktablaridir. Maktab direktori Matlyuba Ruvajiddinovna rahbarligidagi o’qituvchilar jamoasi bolalarga nafaqat maktab dasturini o`zlashtirishlari, balki har tomonlama rivojlanib borishlari uchun astoydil  mehnat qilishadi.

Mo’minova Lola Ibrohimovna

Mehnat faxriysi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi, oliy toifadagi ingliz tili o'qituvchisi

Moskva

«Istiqbol zamon bolalari» maktabi bolamizning har tomonlama aqliy, jismoniy va estetik rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratgan. O’qituvchilar har bir o’quvchiga uning o`ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda yondashadilar. Biz farzandmizga ta’lim berish uchun “IZB” maktabini tanlaganimizdan juda xursandmiz.

Marina Valentinovna

Bongirning onasi

Namangan

“Istiqbol zamon bolalari” maktabi menda ajoyib taassurot qoldirdi. Menga, ayniqsa, hamma uchun tanishish imkoni bo’lgan juda ko’p ma’lumotlar omboriga ega veb-sayt tashkil qilish g’oyasi juda yoqdi. Maktab saytingiz menga ilhom manbai bo’lib, bizning maktabimiz ham xuddi shunday  saytni yaratdi. Hozir internet asri, shuning uchun  zamon bilan hamnafas bo’lish kerak.

Ahrorova Nodira

158-sonli maktab

Toshkent

FIKRINGIZNI QOLDIRING!

Тилни танланг / Выберите язык