OTA-ONALAR VA BITIRUVCHILARNING SHARHLARI

Yaxshi o’ylangan o’quv dasturi, o`quvchilar uchun bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash, har tomonlama rivojlanishlari  uchun to’garaklar va qo’shimcha tadbirlar – bularning barchasi maktab haqida yaxshi taassurot qoldirdi. Tajriba almashish uchun siz bilan ishlashni  istardim! “IZB” maktabiga bundan keyin ham muvaffaqiyat va yuksak parvozlar tilayman!

Iskandarova G.M.

DPR direktorining o'rinbosari

Toshkent

Maktabning kuchli salohiyati va jiddiy rivojlanish istiqbol rejalari mavjud. Maktabda ish yaxshi tashkil etilgan, maktabning ijodkor jamoasi uchun STEAM metodikasini muvaffaqiyatli tatbiq etish yutuqlarning kalitidir. Ishonchim komilki, vaqtlar o’tishi bilan maktab sifatli ta’lim dasturi bo`yicha ajoyib natijalarga erishadi.

Gribanova Tatyana Aleksandrovna

Toshkent shahridagi 158- maktab direktori

Toshkent

Umid qilamanki, sizning maktabingiz faoliyati va ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtiriladi. Kelajakda esa bu yurtimizdagi boshqa maktablarda ham ta’lim sifatini oshirish va o’quvchilarning o’quv jarayoniga qiziqishini oshirish imkonini beradi.

Zemlyak Maksim Konstantinovich

158-sonli maktab ilmiy bo`lim mudiri

Toshkent, Mirobod tumani

Maktab ma’muriyati va o’qituvchilariga bolalarga o’qish uchun motivatsiya berayotganlari va sifatli o’qitayotganlari uchun katta rahmat! Do’stona muhit va har bir o’quvchiga individual munosabat biz, ota-onalarni xursand qiladi. Men sizni tanlaganimdan juda xursandman!

Guli Isoqova

Jasurbekning onasi

Namangan

«IZB» xususiy maktabida yozgi oromgohini tashkil etishgani uchun o’z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Oromgohga ikkita farzandim boradi va har kuni ular uyga a’lo kayfiyat  bilan qaytishadi. Ular barcha to’garaklarga bajonidil ishtirok etishmoqda va ingliz tilidagi qiziqarli darslardan juda ham mamnun bo`lishmoqda. Oromgohni yaxshi tashkil etilgani, farzandlarimizga ulashayotgan quvnoq kayfiyati uchun tashakkurimni bildiraman.

Kapanadze Kamila

Sultonning onasi

Namangan

Men Matlyuba Ruvajiddinovnani ko’p yillardan beri bilaman. U – o’z sohasining yetuk mutaxassisi. Maktabga yanada yuksalish va yangi muvaffaqiyatlarni tilayman!

Isamuhamedova Dilfuza Sadriddinovna

"Future Education " NTM ijrochi direktori

Toshkent

Ассаламу алейкум, хурматли Устоза Матлюба Руважиддиновна! Менинг кизим, шу мактабда биринчи синфда укиган эди, кейин оилавий сабабга кура бошка шахарда укишимизни давом эттирдик. Хозир яна Наманганга кайтяпмиз, кизим хали хам узининг биринчи мактабини «ИЗБ», аъло бахоларга укитган малакали укитувчиларини, замонавий жихозланган синфларини эслаб ва шу мактабда яна укишини давом эттиришини хохлайди. Хозирда у бешинчи синф ва аъло бахоларга укиб келяпти. Мен, шу кизимни, бешинчи синфга укишга кабул килишингизни илтимос киламан. Ишончим комилки, ушбу мактаб кизимга тулаконли, сифатли илм бераолади ва келажакда улкан ютукларга эришишига сабаб булади …

Атамирзаева Малохат

Ахмедова Зайнабхоннинг онаси

Ташкент

FIKRINGIZNI QOLDIRING!

Тилни танланг / Выберите язык