“IZB” bolalar bog’chalari
“Istiqbol zamon bolalari” - faqat maktabgina emas. “IZB” uchta ajoyib bolalar bog'chasiga ega.

Bolalar bog’chalarimiz o’z bo’limlarini bolajonlar uchun shinam, toza, mukammal jihozlangan xonalar, yorug ‘o’quv xonalari, yuqori sifatli, kuniga uch mahal sog’lom ovqatlanish (nonushta, tushlik va peshinlik), o’yin xonalari va o’yin maydonchalari, shuningdek, yozgi cho`milish havzasi bilan ta’minlangan. Tajribali va mas’uliyatli o’qituvchilar bolalarni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish uchun barcha imkoniyatlardan unumli  foydalanadilar.

Farzandlarimiz matematika, rus va chet tillari, sport, haykaltaroshlik va rasm chizish, raqs va qo’shiq kuylash bilan shug’ullanadilar. O’qituvchilar darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazishga harakat qilishadi: mashg`ulotlar ertak, viktorina yoki sayohat usulida bo’lishi mumkin. Odatga ko`ra, mashg`ulotlar integratsion usulda, ya`ni matematika va nutqni rivojlantirish, applikatsiya va tabiat fanlarini uygunlashtirilgan holda olib boriladi. MTTda M. Montessori va Sh.

Bizning bog’chalarda matematika, o’qish, nutqni rivojlantirish, atrofimizdagi olam kabi umumiy fanlardan tashqari, ingliz va arab tili, shaxmat, mental arifmetika, xoreografiya va taekvondo to`garaklari ham mavjud.

IZB bolalar bog’chalari shaharning turli hududlarida joylashgan:

  1. «Intelekt Namangan» – bu rus tiliga ixtisoslashgan juda katta va shinam bog`cha Namangan viloyati, Qo`qon qishlog’i, Mustaqillik ko’chasida joylashgan, Ish jadvali: olti kun, soat 8:00 dan 17:00 gacha. Shanba – qisqa kun, soat 16:00 gacha. Ingliz tili haftasiga uch marta, tasviriy san’at haftasiga ikki marta, musiqa haftasiga ikki marta bo’lib o’tadi.
  2. «IZB” bolalar bog’cha – maktabi O`n bir Ahmadda joylashgan. Ish tartibi bir xil: olti kun soat 8:00 dan 17:00 gacha. Ingliz tili va matematika – haftasiga uch marta, arab tili – haftasiga 2 marta, xoreografiya – 2 marta, tayyorlov guruhida har kuni ingliz tili va matematika o’qitiladi.
  3. 4-kichik nohiyadagi bolalar bog’cha – maktabi «Ishonch» do’koni yonida joylashgan.  Bu yerda ham barcha sharoitlar muhayyo. Ish jadvali: olti kun, soat 8:00 dan 17:00 gacha. Bu yerda bolalarga rus, ingliz, arab tillari, shaxmat va xoreografiya fanlari ham o’qitilmoqda.

Bolalar bog’chasini tugatgandan so’ng bolalar maktabga to’liq tayyor bo`lishadi: ular o’qish, hisoblash, yozishni o`rganib, natijada esa kirish imtihonlarida yaxshi ko`rsatkichlarga erishmoqdalar.

Qo’shimcha ma’lumot uchun biz bilan bog’lanishingiz mumkin: +998953038070