Boshlang’ich sinflarda «Jonli she’riyat» tanlovi.Final.

     Nasriy asarlar asosida tashki etilgan «Jonli she’riyat» tanlovining final bosqichi boshlang’ich sinflar o`rtasida bo’lib o’tdi. O`quvchilar M. Prishvin, N. Nosov, L. Kaminskiy, Z. Dragunskiy, K. Paustovskiy, B. Ganago asarlarini ifodali o’qidilar. Natijalar tahlil qilindi. Barcha ishtirokchilar o’zlarining chiqishlari bilan hammaga zavq ulashishdi, lekin bu tanlov bo`lgani bois g`oliblar saralandi.

«Bilimdon» tanlovining  g’olibi  2-sinf o’quvchisi Sohiba Olimova  bahorgi quyosh haqidagi hikoyasi bilan barchani hayratda qoldirdi, tomashbinlarga o`z ichki hissiyotlarini yetkaza oldi va barchga xush kayfiyat baxsh etdi. Urush mavzusiga murojaat qilgan 3-«G» sinf o’quvchisi Muslima Mirzajanova maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Tomoshabinlar tomonidan taqdim etilgan sovrin «Yulduzchalar» guruhi a’zosi 2-sinf o’quvchisi Xoshimov Amirxonga topshirildi.

  G`oliblikni qo’lga kiritgan barcha o`quvchilar quyidagilar:

1-o’rin – Olimova Sohiba, 2-sinf 

2-o’rin – Abdullaeva Zilola, 4-sinf

2-o’rin – E’zoza Qosimjanova, 3-sinf

3-o’rin – Pavel Kvashnin, 3-sinf

3-o’rin – Dik Kseniya 4,-sinf

 3-o’rin – Zaynitdinova Aziza

 Maxsus sovrin – Muslima Mirzajonova,3-sinf.

     Tanlovda ishtirok etgan barcha 30 nafar o`quvchilarga sertifikatlar va qimmatbaho sovg’alar maktabning tonggi saflanishida topshirildi.

   Keyingi «Jonli she’riyat» tanlovi lirikaga bag’ishlanadi.

«Jonli she’riyat» tanloviga tayyorgarlik ko`rishni boshladik, olg`a!

Тилни танланг / Выберите язык