O`quvchilarimiz matbuot sahifalarida

Bugun viloyatimizdagi “Ruslar markazi” qoshida tashkil etilgan «Yosh jurnalistlar klubi» a’zolari bo’lgan o`quvchilarimiz «Namangan haqiqati» gazetasi tahririyatiga tashrif buyurishdi. Ularga muharrirlik ishi bo’yicha kichik mahorat darsi o’tkazildi. Bolalar juda ko’p qiziqarli ma’lumotlarni bilib oldilar, gazetaning tarixi (1920-yil noyabridan beri nashr etila boshlangan) va tahrirlash jarayoni bilan tanishdilar, o’zlarini muharrir lavozimida sinab ko’rishdi, intervyu olishni o’rganishdi. Tahririyatga tashrif davomida bolalar uning havosidan nafas olib, kichik gazetani nashrga tayyorlash jarayonida  muharrir va musahhihlarning mehnati naqadar og`ir ekanligini angladilar.

    «Namangan haqiqati» gazetasida «Yosh jurnalistlar klubi» a’zolaridan birining o’sha uchrashuv haqidagi taassurotlari aks etgan maqolasi chop etildi.

Тилни танланг / Выберите язык