Biz YaKlass-da – TOP-da!

Maktabimiz o`quvchilari “YaKlass” ta’lim platformasidan judayam faol foydalanishmoqda, deb birinchi marta aytayotganimiz yo’q. Mana, o`quv yilining yangi oyi ham boshlandi, lekin maktabimiz  natijalari aslo pasayib ketgani yo`q. Shunday qilib, har kuni saytda olib boriladigan statistik ma’lumotlarga ko’ra (bu yana bizning bolalarning platformadagi faolligini kuzatish va nazorat qilishga yordam beradi), maktabdagi sinflar orasida 6-“A”sinf  o`quvchilari birinchi o’rinda turadi, keyingi eng faol o`quvchilar –  7-“A” va 9-“A” sinflari. Shuningdek, bizning maktab O’zbekistondagi eng faol TOP maktablarning qatorida ekanligi juda ham quvonchlidir! Biz ikkinchi o’rinda turibmiz va marraga yetishimizga oz qoldi! Bu shuni anglatadiki, o`quvchilarimizning yangiliklarni yanada ko`proq o`rganishga ishtiyoqlari juda ham baland, ular maktabda olgan bilimlarini mustahkamlashdan, boyitishdan charchamaydilar va to`xtamaydilar, o`quvchilarimiz hanuzgacha bilim olishga bo’lgan chanqoqliklarini namoyon etmoqdilar, biz esa bundan juda ham xursandmiz! 

Bizning maqsadimiz – faqat birinchi o’rinni egallashdir!

Bilim olish uchun faqat olg`a! ☺

Тилни танланг / Выберите язык