Maktabga yordam
  Shaxsiy kabinetga kirish

Xususiy maktablar ligasi – 2021

27.04.2021

O’g’il bolalarimiz sportni va futbolni juda yaxshi ko’radilar, shuning uchun ular turli xil futbol chempionatlarida jon-u dillari bilan ishtirok etadilar. 2021-yil 24-25-aprel kunlari Toshkentda xususiy maktablar o’rtasida «Xususiy maktablar ligasi – 2021» futbol musobaqasi bo’lib o’tdi. Unda 12 tamaktabning 45ta jamoasi – ellikdan ortiq bolalar ishtirok etishdi! Bizning o`quvchilar ham shu maktablar qatorida qatnashdi. Futbolchilarimiz bunday keng ko’lamli, katta tadbirda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishdi. «Xususiy maktablar ligasi» da ishtirok etish bizning o’quvchilarimiz zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Futbol jamoasi, ularning kiyimi, ko`tarinki kayfiyat va ruhiyati – barchasi  maktabimizning yuzidir. Bizning sportchilar juda yaxshi tayyorgarlik ko’rishdi: kuchli jamoalarga raqobatbardosh bo`la oladigan o’yinchilar saralab olindi, futbol formasi uchun maxsus buyurtma berildi, musobaqa oldidan mashg’ulotlar bo’lib o’tdi, jismoniy tarbiya o’qituvchilarimiz bolalarga ruhiy  va ma’naviy yordam berishdi. Terma jamoalarimiz musobaqaga ko`tarinki kayfiyatda borishdi va munosib o’yin namoyish etishdi. “IZB” maktabi o`quvchilari  ikki jamoadan iborat edi: 5-6 -sinflar va 7-8-sinflar jamoasi. Jamoamiz o`yinchilari «Lider», «Erudit» va «Sehriyo» maktablarining munosib raqiblariga qarshi 3ta uchrashuv o’tkazib, 4-o’rinni egallashdi. Turnir ishtirokchilari sertifikatlar, medallar, sovg’alar va kuboklar bilan taqdirlandilar.

Ushbu tadbir bolalarda katta taassurot qoldirdi. Ochilish, yopilish va taqdirlash marosimlari, yangi joy, ellikdan ortiq yosh futbolchilar, muxlislar bilan to’ldirilgan o`yingohlar, taklif etilgan jurnalistlar, fotosuratchilar va muxbirlar ishtirokidagi keng miqyosli musobaqa – bularning barchasi sportchilarimizga juda ko’p zavqli unutilmas lahzalarni hadya etdi. Futbolchilarni qo`llab-quvvatlash uchun ota-onalar, sinfdoshlar  va murabbiylar intiqlik bilan kutib olishdi.

Ushbu tadbirning o’ziga xos ahamiyati nimada? Ushbu musobaqa Toshkentda birinchi marta bo’lib o’tdi,  oldin bunday tadbir o’tkazilmagan. Musobaqada Toshkent, Chirchiq (Toshkent viloyati) va Namangan shaharlaridagi xususiy maktablarning jamoalari ishtirok etishdi. Turnir  Junior  futbol maktabi tomonidan tashkil etildi. Bu yil turnirga asos solgan tashkilotchilar uni har yili o’tkaziladigan an’anaviy tadbirga aylantirishni rejalashtirmoqdalar.

Junior xalqaro futbol maktabi – bu 3 yoshdan oshgan bolalar uchun Rossiya va MDHdagi eng yirik xususiy maktablar tarmog’i. Bugungi kunga qadar 180 ta shaharda 345 ta maktab ochilgan. O’zbekiston Junior maktabi joylashgan 10-davlatga aylandi. Ushbu maktab bolalarda sportga bo’lgan muhabbatni va sog`lom turmush tarzini  targ’ib qiladi, 3 yoshdan boshlab bolalarni Yevropaning yetakchi uslublari asosida xalqaro darajadagi murabbiylar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan o’qitish dasturga ega. Shuningdek, Junior nafaqat bolalarni tarbiyalaydi, balki sport tadbirlarini ham tashkil etadi. Har yili Rossiya va Turkiyadagi xalqaro turnirlarga, shuningdek, «Barselona» FKning o’quv-mashg’ulotlariga sayohatlar tashkil qiladi.

Yigitlarimizning bunday nufuzli futbol musobaqasida ishtirok etishi, shubhasiz,  yuqori  tajriba orttirish, keyingi g’alabalar uchun motivatsiya va maktab yutuqlarini yanada oshirish imkoniyatidir. Yosh futbolchilarimiz musobaqadan keyingi yilda g’olib chiqish va «Xususiy maktablar ligasi» oltin medalini maktabimizga olib kelishni maqsad qilib qaytishdi.

Тилни танланг / Выберите язык