Ta’til – maktabga bormaslik uchun sabab emas

“IZB” xususiy maktabi eshiklari  o’quvchilarimiz uchun yil davomida, hatto ta’til kunlari ham ochiqdir.  Ta’til davrida bizning tashkilotchi va tashabbuskor o’qituvchilarimiz turli xil qiziqarli madaniy-ma`rifiy ko`ngilochar  tadbirlar, o`quv fanlaridan qo’shimcha mashg`ulotlarni o’z ichiga olgan dasturni tayyorlaydilar. Bolalar o’quv yili yangi choraklarining boshlanishini kutmasdan, maktabga borishlari, u yerdagi do’stlari bilan ko’rishishlari, turli ijodiy va rivojlantiruvchi to’garaklarga, matematika, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillar bo’yicha qo’shimcha mashg`ulotlar va turli sport musobaqalarida ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, bizning maktabimiz boshqa shaharlarga madaniy sayohatlar uyushtiradi.

    Ushbu qishki ta’til paytida ustozlar o’quvchilarimiz uchun qiziqarli dastur tayyorladilar. Rus tili, ingliz tili, matematika va informatika fanlaridan qo’shimcha mashg`ulotlar bo’lib o’tdi. Shuningdek, mnemotexnika va kubik-rubikni yig’ish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazildi. Ingliz tili bo’yicha «Spelling bee», 5 va 6-sinflar o’rtasida «Mohir qo’llar» tanlovi, shashka tanlovida bolalar judayam faol qatnashdilar. Ibrat muzeyiga, «Namangan haqiqati» gazetasi tahririyatiga tashrif buyurdilar. «Afsonalar vodiysi» bog’iga va Farg’onadagi Muz saroyiga ekskursiya tashkillandi.

     Bizning o’quvchilarimiz  ta’tilni nafaqat uyda, balki maktab quchog`ida ham qiziqarli va foydali tarzda o’tkazish mumkinligini bilishadi!

Тилни танланг / Выберите язык