Namangan gullar shahri ekanligini har bir O’zbekiston fuqarosi yaxshi biladi. Darhaqiqat, bahorda, kunlar isiganda va tabiat jonlanganda, atrof yashilga burkanganda, shahar gullar bilan to’ladi. Ko’chalar, piyodalar yo’laklari, turli xil tashkilotlar oldida, bog’larda ko’zni quvnatadigan ajoyib gulzorlar barpo qilinadi.
Aynan shu yerda, Namanganda har yili gullar bayrami bo’lib o’tadi. Ushbu festival azaldan o’z mavqesi va tarixi bilan butun O’zbekistonga mashhur. Bu bayram ilk bor 1961-yilda o`tkazilgan. Hatto o’sha paytda ham tadbirga barcha qo’shni respublikalar qatnashgan. Ushbu an’ana hozirgacha saqlanib qolgan. Bugungi kunda ushbu katta tadbirga nafaqat respublikamiz hududidagi, balki barcha chekka va qo’shni respublikalar, MDHdan tashqari boshqa mamlakatlardan ham gulchilar jalb qilinmoqda.
Bu yil «Gullar festivali-2021» – yubiley nishonlanmoqda. 60 yildan buyon ushbu bayram o’zining go’zalligi va tarovati bilan mehmonlarga zavq bag`ishlamoqda. Festival an’anaviy tarzda Zahiriddin Bobur nomidagi markaziy bog’da o’tkaziladi. Barcha tashrif buyuruvchilar shu yerda to’planishadi.
Bu safar «Gullar festivali-2021» 24- maydan 31-maygacha Bobur nomidagi shahar bog’ida bo’lib o’tadi. Unda har doimgidek 150 dan ortiq mutaxassis gulchi- tadbirkorlar va 300 dan ziyod havaskor gulchilar qatnashadilar. Festival yuqori xalqaro darajada o’tkazilganligi sababli ishtirokchilar orasida Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Gollandiya va Qirg’iziston, Tojikiston, Qozog’iston va Turkmaniston kabi qo’shni davlatlardan mehmonlar bor.
Bu yil festivalning ochilishi mashinalarning gul paradi bilan boshlandi: 150 dan ortiq transport vositalari gullar bilan bezatilgan va Namangan aeroportidan Bobur nomli istirohat bog’iga qadar katta ko’chada yurib, tomoshabinlarga quvonch baxsh etishdi. Ochilish marosimining asosiy qismi bog’da bo’lib o’tdi.
Viloyat madaniyat va sport boshqarmasi gullar festivalida ishtirok etish uchun “IZB” maktabiga qo’shma loyihani taklif qildi. Ushbu loyihaga ko`ra bizning o’quvchilarimiz tantanali ochilish marosimida ajoyib raqs namoyish qildilar. Iste’dodli xoreograf Gnezdilova Zikiye Vladimirovna bolalarimiz bilan shaxmat donalarining raqs-taqdimotini tayyorladi. Unda maktabning 32 nafar eng faol o’quvchilari ishtirok etishdi. Ingliz tili o’qituvchisi Gulnoza Abdulboqievna raqs uchun maxsus kiyimlar tayyorlashda yordam berdi. Gullarni eslatuvchi shaxmat donalari ko’rinishidagi kostyumlarda o`quvchilarimiz yuzlab mehmonlar va taklif etilgan jurnalistlarning e’tiborini tortadigan ajoyib kompozitsiya namoyish etishdi.
Bunday katta tadbirda qatnashish, bu, albatta, ta’lim bilan bog’liq emasligiga qaramay, bolalarga yaxshi tajriba maktabi va unutilmas lahzalar bo`lib qoladi. Shuning uchun bizning maktabimiz o`quvchilari bunday tadbirlarda, imkoniyat boricha, mamniniyat ila ishtirok etadi.



