«YUMMY!» «Achchiqlanish» ingliz tili darsi

Bugun 4-“A”sinfda «Can I have a cup of tea?»(«Men bir piyola choy ichsam bo’ladimi?») mavzusida noan’anaviy usulda ingliz tili darsi bo’lib o’tdi. O`quvchilar bir-birlari bilan ingliz tilida muloqot qilishdi, ovqat taklif qilishni va so’rashni o’rgandilar, salat tarkibini, sharbatlar turlarini, shirinliklarni o’rganishdi. Darsning o’ziga xosligi shundaki, bolalar mevali va sabzavotli salatlarni dars davomida o`zlari tayyorladilar mavzuga […]
«Iqtisodiy savodxonlik» olimpiadasi natijalari

YaKlass xalqaro olimpiadasining » Iqtisodiy savodxonlik» tanlovi natijalari tahlil qilindi. Ushbu olimpiada uch bosqichda bo’lib o’tdi. Uchinchi, ya’ni final bosqichi 21-oktabr kuni bo’lib o’tdi. Olimpiadada qatnashish mutlaqo bepul. O’zbekiston Respublikasi maktab ta’limi davlat dasturiga » Iqtisodiy savodxonlik» fani kiritilmaganiga qaramay, bizning maktab o`quvchilari (5-9-sinflar) bu tanlovda sidqidildan qatnashdilar va hattoki sovrinlarni ham qo’lga kiritdilar. Olimpiadaning […]
“Jonli she’riyat” davom etadi!

Maktabimizda «Jonli she’riyat» tanlovi davom etmoqda. Ham boshlang`ich, ham yuqori sinf o’quvchilari tanlagan badiiy asarlarini ifodali va ta’sirchan yo`sinda yoddan shunday o’qishdiki, ular hay’at a’zolarini hayratda qoldirishdi. Barcha bolalar iqtidorli! Tez orada keyingi bosqichga yo’l olganlarni e’lon qilamiz. Faol ishtirok etganingiz uchun barchangizga tashakkur! Keyingi musobaqalarda omad tilaymiz!
7-“A” sinfida Gogol bilan ochiq dars

Bugun rus tili fani oyligi doirasida 7-“A” sinfda rus adabiyot fanidan ochiq dars o’tkazildi. Dars mavzusi: «Qahramonlar taqdiri» – Nikolay Gogolning «Taras Bulba» asari asosida. Dars juda noan’anaviy shaklda o’tkazildi. Larisa Ravilyevna ham, bolalar ham astoydil harakat qilishdi va dars juda qiziqarli bo’lib o’tdi. O`quvchilar nafaqat hikoya qilish, balki o’ylash, bahslashish, e’tiroz bildirish va o’z […]
«Jonli she’riyat» saralash bosqichi boshlandi

Noyabr – rus va ingliz tili fanlari oyligi. Har yili rus tili fani oyligi davomida maktabimiz uchun an’anaviy bo’lib kelgan «Jonli she’riyat» xalqaro ifodali o’qish tanlovida qatnashamiz. Bu tanlobga o`quvchilarimiz katta ishtiyoq bilan qatnashmoqdalar. 25-noyabr kuni yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida «Jonli she’riyat» tanlovining saralash bosqichi boshlandi. Shuningdek, boshlang’ich sinf o’quvchilari ham ishtirok etishdi. Tanlovning yosh […]
Karate bo’yicha murabbiyimizni tabriklaymiz!

Yana bir quvonchli xabar: boshlang`ich sinflarda karate bo’yicha to’garakka rahbarlik qiladigan murabbiyimiz O’zbekiston chempionati g’olibi va O’zbekiston Respublikasi kubogi sohibi bo’ldi! Raxmonov Baxtiyor Negmatovich, g’alaba bilan tabriklaymiz!
Talabalarimizning quvonchi bu bizning quvonchimiz!

Ko’plab o’quvchilarimiz nafaqat maktabda olgan bilimlari tufayli muvaffaqiyat qozonishadi, balki maktabdan tashqari sport turlari bilan ham shug’ullanishadi. Biz ular bilan birga quvonamiz, chunki ularning har bir g’alabalari, har bir yutuqlari bizning faxrlanishimiz uchun yana bir sababdir. Yaqinda yana bir karate musobaqasi bo’lib o’tdi va 9-sinf o’quvchisi Karimov Oybekni faxrli 2-o’rin bilan tabriklaymiz! Karimov Oybekka kelgusida […]
Ingliz tili fani oyligi:1-“A” sinfidagi ochiq dars.

Bugun 1-“A” sinfda ingliz tili fani oyligi doirasida Dilrabo Tursunovna ajoyib ochiq dars o’tkazdi. Bolalar o’qituvchi bilan birgalikda mantiqiy va rivojlantiruvchi o’yinlarni o’ynashdi, hisobladilar, o’zlari, oilalari va do’stlari haqida gaplashdilar va bularning barchasi ingliz tilida aks ettirdilar! Darsda turli ko`rgazmalardan foydalandilar: bu hayvonlar va maktab hayoti tasvirlangan rangli kartochkalar, o’yinchoqlar va boshqotirmalar chizilgan plakatlar. Maktab […]
Boshlang’ich maktab shaxmat musobaqasi

Maktabimizdagi bolalar shaxmatni juda yaxshi ko’radilar va shaxmat darslariga zavq bilan qatnashadilar. Zero, shaxmat nafaqat sport musobaqasi, balki bu aql gimnastikasidir. Bugun maktabda quyi sinf o’quvchilari o’rtasida shaxmat musobaqasi bo’lib o’tdi. O`quvchilar ushbu sport turining mohir mutaxassislari ekanliklarini raqiblar bilan kurashda isbotladilar. Musobaqa g’oliblar guruhlar bo’yicha aniqlandi. 1-2 -sinflar,o`g`il bolalar: 1-o’rin – Muhammadjonov Mirmohid (2- […]
Yangi 2020 – 2021- o’quv yili boshlanadi

Yana maktab o’z o’quvchilarini o`z bag`rida kutib oladi. Yangi 2020-2021 o’quv yili boshlanadi. Barchaga omad tilaymiz! Biz yangi o’quv yilini yangi ingliz tili o’qituvchisi Miss Taye bilan boshlaymiz, u 3-9 sinf o’quvchilari bilan ingliz tilida og`zaki nutqni rivojlantirish bo`yicha ish olib boradi. Birinchi marotaba birinchi sinfda. Ushbu o’quv yilida yuzdan ortiq birinchi sinf o’quvchilari “IZB” […]