«Iqtisodiy savodxonlik» olimpiadasi natijalari

YaKlass  xalqaro olimpiadasining » Iqtisodiy savodxonlik» tanlovi natijalari tahlil qilindi.

Ushbu olimpiada uch bosqichda bo’lib o’tdi. Uchinchi,  ya’ni final bosqichi 21-oktabr kuni bo’lib o’tdi. Olimpiadada qatnashish mutlaqo bepul.

O’zbekiston Respublikasi maktab ta’limi davlat dasturiga » Iqtisodiy  savodxonlik» fani kiritilmaganiga qaramay, bizning maktab o`quvchilari (5-9-sinflar) bu tanlovda sidqidildan qatnashdilar va hattoki sovrinlarni ham qo’lga kiritdilar.

Olimpiadaning  uch bosqichi natijalariga ko’ra:

  • Birinchi o’rinni 6-“A” va 9-sinflar egallashdi;
  • Ikkinchi o’rin 7-“A” sinfiga;
  • Uchinchi o’rinni 5-”B”, 8-“A” va 8-“B” sinflar egallashdi.

Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga unda ishtiroklari uchun sertifikatlar berildi. O`quvchilarimizga ofarin!

Bunday tadbirlarda qatnashish bilim olishga, fanga qiziqishni uyg’otadi, raqobatbardoshlikni kuchaytiradi, bilimlarini sinab ko’rishga undaydi, ulardagi bo’shliqlarni aniqlashga yordam beradi.

O`quvchilarimizdan navbatdagi shunday tadbirlarda yanada faollikni kutib qolamiz!

Тилни танланг / Выберите язык