SASMO XALQARO TURNIRI

“Singapur va Osiyo maktablarining matematika fanidan xalqaro olimpiadasi” -SASMO (Singapur va Osiyo maktablari matematika olimpiadasi – SASMO) 2006-yilda Singapurda tashkil etilgan. Turnirning maqsadi nafaqat matematika fanidan iqtidorli maktab o’quvchilarini aniqlash, balki barcha o’quvchilarni ushbu fanga qiziqtirishdir. Turnir yakka tartibdagi musobaqa bo’lib, ikki bosqichdan iborat: birinchi bosqich saralash bosqichi bo’lib, odatda, bahorda ishtirokchining yashash joyida, ikkinchi bosqich esa Singapurda o’tkaziladigan final bosqichi hisoblanadi. Turnirda dunyoning 19 mamlakatidan o’quvchilar, shu jumladan, o’zbekistonlik maktab o’quvchilari ham ishtirok etmoqda. Uch yildan buyon maktabimiz o’quvchilari ushbu olimpiadada qatnashish imkoniyatiga ega. Maktabimizning bironta o’quvchisi ushbu olimpiadaning so’nggi bosqichida qatnashmagan va Singapurga tashrif buyurmagan bo`lsa-da, ko’plab o`quvchilarimiz saralash bosqichida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritdi:

2016 – 2017- o’quv yilida: Abdurazzoqov Sardor (6-sinf, bronza) va Ahmadjonov Shohruh (7-sinf, bronza);

2017 – 2018- o’quv yilida: Mirzamahmudova Kamila (3-sinf, kumush), Brekin Maksim (4-sinf, bronza) va Ahmadjonov Shohruh (8-sinf, bronza);

2018 – 2019- o’quv yilida: Mirzamahmudova Kamila (4-sinf, bronza) va Azimova Yasmina (5-sinf, bronza)

2016- yildan 2019- yilgacha matematika o’qituvchisi Xalilov Refat Rustamovich ushbu loyihani boshqargan. Ushbu loyihada 2-11- sinf o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Olimpiadaga tayyorgarlik maktabda qo’shimcha darslar, shuningdek, ta’til paytida amalga oshiriladi. Qishki ta’til paytida O’zbekiston maktab o’quvchilari o`rtasida tayyorgarlik mashg’ulotlarini o’tkazish uchun Singapurdan olimpiada tashkilotchilari  murabbiylar Genri Ong va Merlan Nagidulinlar Toshkentga kelishadi. Ushbu treninglarda maktabimizning ko’plab o’quvchilari ham ishtirok etdilar.

Тилни танланг / Выберите язык