Chegarasiz matematika» xalqaro turniri – matematika olimpiadasi 2014- yilda Bolgariyada tashkil etilgan. Turnirning maqsadi matematikadan o`quvchilar bilimlarini sinashdir. Turnir yakka tartibdagi musobaqa bo’lib, to’rt bosqichdan iborat: o’quv yili davomida kuzda, qishda va bahorda ishtirokchining yashash joyida o’tkaziladigan sirtqi uchta tur va Bolgariyaning Nessebar shahrida o’tkaziladigan bir kunlik final bosqichi.
Turnirda dunyoning 18 mamlakatidan o’quvchilar, shu jumladan, O’zbekiston maktab o’quvchilari ham ishtirok etmoqda. Uch yildan buyon maktabimiz o’quvchilari yozda Bolgariyadagi Xalqaro olimpiadaning final bosqichida uchta onlayn turda qatnashish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar. Har bir turdan so’ng ishtirokchilarning umumiy xalqaro reytingi e’lon qilinadi. Bizning o’quvchilarimiz orasida ushbu olimpiadaning g’oliblari bor.
2016-2017-o’quv yilida:
Ahmadjanov Azimjon (5-sinf) – 1-o’rin, oltin;
Mirhidoyatov Rasuljon (4-sinf) – 2-o’rin, kumush;
Xolmirzayev Asror (4-sinf) – 2-o’rin, kumush;
Jamolov Hasan (2-sinf) – 2-o’rin, kumush;
Jamalov Husan (2-sinf 5) – 2-o’rin, kumush.
2018-2019- o’quv yilida:
Munavvarov Akbar (1-sinf) – 3-o’rin, bronza;
Yo’ldoshev Muhammadziyoviddin (1-sinf) – 3-o’rin, bronza;
Pashaxo`jayev Abdulaziz (3-sinf) – 3-o’rin, bronza;
Azimova Malika (3-sinf) – 3-o’rin, bronza;
Azimova Yasmina (5-sinf) – 3-o’rin, bronza.
Barcha turlardagi eng yaxshi natijalari uchun Yo’ldoshev Muhammadziyoviddin kubok bilan taqdirlandi.
2016-yildan buyon ushbu loyihani matematika o’qituvchisi Darvisheva Dilbar (Dina) Abdurasulovna boshqarib kelmoqda. Ushbu loyihada 1-11-sinf o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Olimpiadaga tayyorgarlik maktabda qo’shimcha darslar, shuningdek ta’til paytida amalga oshiriladi. To`rtinchi tur Bolgariyada bo’lib o’tadi, olimpiadaga ikki kun ajratiladi, qolgan vaqt esa qatnashchilar Qora dengiz sohilida dam olib, ushbu davlat madaniyati va urf-odatlari bilan tanishadilar. Ishtirokchilarga ularning qarindoshlari va do’stlari hamrohlik qilishlari mumkin.



