INGLIZ TILIDA SNAIL

Ingliz tili bo`yicha “SNAIL” nomli masofaviy olimpiadalar va tanlovlar

Barcha sinf o’quvchilari raqobatlashishni yaxshi ko’radilar. Maktab o’quvchilari chindan ham o’yinlar va interfaol usullar asosida bilim olishni yaxshi ko’radilar. Aynan shunday usulda olingan bilim,  eng kuchli va mustahkam hisoblanadi. Noan’anaviy  qiziqarli vazifalar bolalarni kerakli ma’lumotlarni topishga, tahlil qilishga va o’z yangiliklarini kashf qilishga undaydi. SNEILdan ingliz tilidagi masofaviy musobaqalar va olimpiadalar ishtirokchilarini qiziqarli tanlovlar kutmoqda.

Mana ikki yildirki, maktabimiz o’quvchilari SNEIL loyihalarida faol qatnashmoqdalar. SNEIL – Rossiyaning Omsk shahridagi ta’lim markazi. Markazda mavsumda bir necha marotaba masofaviy tanlovlar, olimpiadalar va test sinovlari o’tkaziladi. Ushbu xalqaro masofaviy tadbirlar 20 mamlakatdan turli yoshdagi ishtirokchilarni birlashtiradi. Bu nafaqat yuqori sinf  o’quvchilari, balki eng kichik ishtirokchilar, boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ham arzimagan mablag` evaziga sinovdan o’tish va o’zining bilimini isbotlash uchun imkoniyatdir. Noan’anaviy, qiziqarli mashqlar, quvnoq topshiriqlar  ishtirokchilarni nafaqat ingliz tili bo’yicha bilimlaridan foydalanishga, balki fikrlash doirasini kengayishiga, ingliz tili darslaridan boshqa fanlarni ham o`rganishga undaydi. Bu tanlovlar faqat ingliz tili bilan cheklanmaydi, balki tarix, musiqa, geografiya, mantiq, hattoki ijodkorlik va fantaziyani o`rganish uchun ham imkoniyatdir. Mana shu jihati bilan SNEIL olimpiadalari boshqa olimpiadalar va tanlovlardan ajralib turadi. O`quvchilar topshiriqlarni katta ishtiyoq bilan bajaradilar. Aynan mana shunday topshiriqlar bizning o’quvchilarimizni doimiy ravishda ingliz tilida SNEIL masofaviy olimpiadalarida qatnashishga jalb qiladi.

SNEILning har bir olimpiadasi yoki tanlovi o’qish, tinglash va yozish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi, har kim ushbu qiziqarli tadbirlarda o’z kuchini sinab ko’rishi mumkin.

Shuni ta’kidlash kerakki, SNEIL faqat ingliz tili emas. Markaz barcha o`quv fanlari bo’yicha tanlov va olimpiadalarni o’tkazadi:

  • Ekologiya
  • Astronomiya
  • Matematika
  • Rus tili
  • Adabiyot
  • Ingliz tili
  • Ijtimoiy fanlar
  • Tarix
  • Kompyuter fanlari
  • Tabiat
  • Jismoniy tarbiya
  • HAYOT XAVFSIZLIK ASOSLARI
  • Musiqa
  • Texnologiya
  • Fizika
  • Kimyo
  • Biologiya
  • Geografiya
  • Fransuz tili
  • Nemis tili
  • Xitoy tili
  • IZO
  • Robototexnika

Markazda umumiy fan olimpiadalari ham o’tkaziladi.

Olimpiadalar va musobaqalar maktab ichida bir bosqichda o’tkaziladi, so’ng barcha ishlar tekshirish uchun markazga yuboriladi, natijada har bir ishtirokchi to’plagan ballari va reytingdagi joyidan qat’iy nazar, tadbirda qatnashgani uchun sertifikat oladi. Diplomlar ishtirokchilarga maktab direktori tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.

Maktabdagi tadbir uchun mas’ul ingliz tili o’qituvchilari: Paxomova N.R., Dik E.V., tashkilotchi – Karimov S.B.

Тилни танланг / Выберите язык