«She’riyat bo’stoni» (Сад поэзии)

Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktab o’quvchilari orasida o’zbek yozuvchilarining asarlarini o’qishni targ’ib qilish maqsadida ikki yildan buyon Toshkentda «She’riyat bo’stoni» (She’riyat bog’i) tanlovi o’tkazilmoqda. Tanlovda O’zbekiston NTM Assotsiatsiyasining barcha a’zolari ishtirok etishadi. Tanlov tashkilotchisi – “Erudit” xususiy maktabi (Erudit Education School). Hakamlar hay’ati tarkibi taniqli madaniyat arboblari, yozuvchilar, olimlar, o’zbek adabiyoti mutaxassislaridan iborat.

Maktabda o’tkaziladigan saralash bosqichida 2 – 11-sinf o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov ishtirokchilari ixtiyoriy ravishda mumtoz  adabiyot va zamonaviy o’zbek shoirlarining asarlarini o’qishlari mumkin.

2019- yilda respublikada quyidagi o`quvchilar maktab sharafini munosib himoya qildilar:

Muhammadjonova Oyshaxon (3-sinf), Kojevnikov Svatoslav (3-sinf), Odiljonova E’zoza (5-sinf), Murodova Yulduz (6-sinf), Mahmudova Hilola (8-sinf), Aloho`jaev Afzal (8-sinf).

2020- yilda bizning barcha finalchi ishtirokchilarimiz o’z tengdoshlari orasida sovrinli o’rinlarni egallashdi va hakamlar hay’ati tomonidan alohida e’tirof etildi. Abdullaeva Zilola (3-sinf) – 1-o’rin, Sheraliev Abdulloh (4-sinf) – 2-o’rin, Murodova Yulduz (7-sinf) – 2-o’rin, Hoshimjonova Mohlaroyim (8-sinf) – 3-o’rin.

Ushbu tanlov o`quvchilarda milliy madaniyatga, milliy merosga bo’lgan hurmatni oshiradi, o’zbek adabiyotiga qiziqish  va muhabbat uyg’otadi.

Тилни танланг / Выберите язык