Turkiyaga sayohat

«Istiqbol zamon bolalari» xususiy maktab direktori Matlyuba Ruvajiddinovna yangi bilim va yangi tajribalarga intiliuvchi inson. U har doim yangilik  izlaydi, muntazam o’z ustida ishlaydi. U doimiy ravishda xalqaro tadbirlar va konferentsiyalarda qatnashadi. Shunday mehnatlari natijasida turli mamlakatlarga borib keladi. Bunday sayohatlar faqat rasmiy safarlar emas, balki tashrif buyurgan mamlakatlar madaniyati, urf-odatlari bilan tanishadi, yangi tanishlar orttiradi va, albatta, xususiy ta’lim sohasiga qiziqadi. Har bir sayohat yangi g’oyalar  tug`lishi  va tajriba almashinuviga yordam beradi.

Mart oyi oxirida Matlyuba Ruvajiddinovna Turkiyaga tashrif buyurdi. Uning safari nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi (AsNOU) tomonidan taqdim etilgan turk maktablariga rasmiy tashrif bilan bog’liq edi. O’zbekistonning turli shaharlaridagi o’nta xususiy maktab direktorlari Turkiyaning ta’lim tizimi, o’qitish uslublari,  STEAM ta’limi bilan tanishish va o’rganish uchun bir hafta davomida Turkiyaga borish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Turkiyada bo’lgan vaqtlarida (2021-yil 20-martdan 28-martgacha) direktorlar 6 ta xususiy maktabga tashrif buyurishdi, ulardan 4tasi Montessori va 2tasi STEAM uslubida o’qitiladigan maktablardir.

Ushbu sayohat davomida ular juda ko’p taassurotlar va yangi tanishlar orttirishdi. Bundan tashqari, ko`zlangan barcha maqsadlarga erishildi, juda ko’p foydali, qimmatli ma’lumotlar olindi va yangi g’oyalar tug`ildi.

O`rganilgan yangi metodlar va o’quv qo’llanmalarni joriy qilish orqali maktabimizda ta’lim sifatini oshirib yaxshi natijalarga erishish maqsad qilib qo’yildi. Bizning asosiy maqsadimiz esa  erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolish emas!

Тилни танланг / Выберите язык