Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan mehmonni qabul qilish

26.05.2021

“IZB” maktabining direktori Matlyuba Ruvajiddinovna – erishilgan yutuqlardan hech qachon to’xtamaydigan odam. U muntazam tajribasini va malakasini oshirib boradi, doimo yangi cho’qqilarni zabt etishga intiladi, har doim o’zi va maktab uchun yangiliklarni izlaydi. U doimiy ravishda mamlakatimizda va chet ellarda bo’lib o’tadigan turli xalqaro tadbirlarda qatnashadi. Shuningdek, u turli mamlakatlardagi  har xil sohalarda faoliyat olib borayotgan turfa insonlar bilan tanishishni yaxshi ko’radi. Odatiga ko`ra u har doim ularni bizning maktabimiz, o’quvchilarimiz, o’quv jarayoni bilan tanishishga taklif qiladi. Mehmonlar maktabimizga  bajonidil kelishadi, o’zlarining fikrlari, g’oyalari va tajribalari bilan o’rtoqlashishadi. Shuning uchun maktabimizda  muntazam ravishda chet elliklar mehmonlar kelib turishadi.

   Joriy yilning 24-may kuni «IZB» xususiy maktabiga Britaniyalik tadbirkor ayol «Womens Leadership»xalqaro o’quv markazi direktori Guli xonim shayx tashrif buyurdi. Guli xonim shayx dastlab maktabda o’quvchilar uchun yaratilgan qulay shart -sharoitlar bilan tanishdi. So’ngra aziz mehmon rahbarligida o’qituvchi va o’quvchilar bilan master klass tashkil etildi.Guli xonim treningda ayollarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish, odamlar o’rtasida muloqotchanlikni oshirish va boshqarish sirlari bo’yicha o’z tajribasidan kelib chiqib tavsiyalari bilan  fikr almashdi.Guli xonim shayxning tashrifi maktabimiz jamoasida katta taassurotlar qoldirdi. Uchrashuv so`nggida Matlyuba Ruvajiddinovna va Guli xonim shayx kelgusida hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash hamda xususiy ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlar xususida kelishib olishdi.

Тилни танланг / Выберите язык