Yana bir guruh qaldirg`ochlar yangi bilim olish uchun shinam uyadan uchib chiqib ketishdi. 26-may kuni 4-«A» sinf o’quvchilari boshlang’ich sinf bilan xayrlashuv konserti bo’lib o’tdi.
Konsert maktabda bo’lib o’tdi. O`quvchilar bunga juda uzoq vaqt va mas’uliyat bilan tayyorlanishdi. Konsert sahnasi gullar bilan bezatilgan, o’g’il bolalar maxsus kostyumda, qizlar bayramona liboslarda. Konsertga tayyorgarlik judayam yuqori saviyada bo`lgan. Konsert dasturi juda mazmunli tayyorlangan, qiziqarli chiqishlar va ajoyib raqslar namoyish etildi. O`quvchilar to’rt yillik o’qish davomida o`rganganlarini, serqirra ijodkorliklarini ijro etdilar. Bolalar o’zlarining mahoratlarini ifodali o’qish va vokalda namoyish qildilar. Konsertda maktab ma’muriyati, o’qituvchilar, bitiruvchilarning yaqinlari va do’stlari ishtirok etishdi.
An’anaga ko’ra, o’quvchilarni yuqori sinf rahbariga tantanali ravishda topshirildi, o’qituvchilar mehr va g’amxo’rlik ila bolalarni o’z bag`irlariga oldilar.
Sevara Tohirovna, har bir sinf rahbariga xos xususiyatlarga ko`ra, shogirdlarini va ularning kuchli tomonlarini yaxshi biladi. Shuning uchun u hech kimni e’tiborsiz qoldirmadi va o`quvchilarning har bir eng yaxshi fazilatlari uchun nominatsiya berdi. Bundan tashqari, barchaga esdalik sovg’alari topshirildi. Bu esa, albatta, hammada ajoyib kayfiyat va iliq xotiralar qoldiradi.
4-«A» sinf o’quvchilarini bitiruv kechasi bilan samimiy muborakbod etamiz!



