2020 – yil 15- iyulda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rahbarligida masofaviy o’qitish bo’yicha Xalqaro onlayn konferensiya bo’lib o’tdi. Unda Yaklass kompaniyasi metodistlari ham ishtirok etishdi, ular shu nomdagi o’quv platformasini barcha konferensiya ishtirokchilariga taqdim etishdi. Ushbu konferensiyada «IZB» maktabi faol ishtirok etdi va ta’lim muassasamizda «Yaklass» platformasini sinovdan o’tkazishga qaror qilindi.
«YaKlass» bu maktablar uchun elektron ta’lim tizimi, shuningdek, maktab o’quvchilari va ularning ota-onalari uchun onlayn o’qitish platformasi. Ushbu platforma bugungi kunda juda muhim bo’lgan masofaviy o’qitish uchun ajoyib yechimdir. Bu maktab o’quv dasturiga muvofiq o’quv materialining katta bazasi bo’lib, u ma’lumotni batafsil taqdim etish bilan nazariyani, nazariy qism uchun mashqlar, testlar, xatolar tahlilini o’z ichiga oladi. Har bir ro’yxatdan o’tgan o`quvchi platformadan alohida mustaqil emas, balki sinf rahbari nazorati ostida foydalanadi.
Platforma maktablarni sinflarga ajratadi. Ham o’qituvchilar, ham maktab ma’muriyati, hattoki ota-onalar ham o’quvchilarning faolligi, ularning o’qishdagi natijalari va o’quv yutuqlarini kuzatish imkoniyatiga egadirlar.
YaKlass platformasi, agar kerak bo’lsa, odatdagi o’quv jarayonini to’liq o’rnini bosishi mumkin va undan an’anaviy ta`limda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun qo’shimcha manba sifatida foydalanish mumkin, shuning uchun bu dasturdan bizning maktabimizda unumli foydalaniladi.



