Ingliz tili fani oyligi:1-“A” sinfidagi ochiq dars.

Bugun 1-“A” sinfda ingliz tili fani oyligi doirasida Dilrabo Tursunovna ajoyib ochiq dars o’tkazdi.

Bolalar o’qituvchi bilan birgalikda mantiqiy va rivojlantiruvchi o’yinlarni o’ynashdi, hisobladilar, o’zlari, oilalari va do’stlari haqida gaplashdilar va bularning barchasi ingliz tilida aks ettirdilar! Darsda turli ko`rgazmalardan foydalandilar: bu hayvonlar va maktab hayoti tasvirlangan rangli kartochkalar, o’yinchoqlar va boshqotirmalar chizilgan plakatlar.

Maktab ma’muriyati ham, mehmonlar ham, o’quvchilarning o’zi ham ushbu darsdan zavqlanishdi. Qiziqarli ochiq dars o’qituvchi va o`quvchilarning murakkab va mashqqatli mehnatlarining natijasidir. Bizning maktabimizd har bir dars aynan shu tarzda tashkil qilinadi.

Тилни танланг / Выберите язык