Shunday qilib, birinchi qaldirg’ochlar sinf rahbarining mehribon quchog’idan uchib chiqdilar. Bugun 4- «B» sinf bitiruv kechasini nishonladi.
Bu kun – o`quvchilar uchun uzoq kutilgan kun.Bu tadbirni o`tkazish uchun tayyorgarlik ancha oldin boshlangan. Sinf rahbari Zulfiya Nailyievna bilan birgalikda ota-onalar yordamida ajoyib dastur tayyorlandi, bayramona liboslar tanlandi, ajoyib raqslar sahnalashtirildi va yaxshi musiqalar tanlandi. Bayramda Zulfiya Nailyevna bolalarga o’zlarining iste`dodlarini to’liq ochib berishlaru uchun katta yordam berdi. Uning o`quvchilari sahnada o`zlarining jozibali raqslari va otashin qo’shiqlari bilan aktyorlik mahoratlarini namoyish etishdi.
Hisobot kontsertiga ko’plab mehmonlar taklif etildi. Ular orasida maktab ma’muriyati, o’qituvchilar va bitiruvchilarning ota-onalari bor. Bundan tashqari, Zulfiya Nailiyevna oldingi yillar bitiruvchilarini o`quvchilarga xayrli tilaklar bildirish uchun taklif qiladi.
Konsert yakunida ota-onalar sinf rahbariga minnatdorchilik bildirishdi. Sinf o’qituvchisining o’rni beqiyos, chunki u nafaqat sinf rahbari, balki u – birinchi ustozdir. U o’quvchilari bilan birinchi sinfdan to’rtinchi sinfgacha uzoq yo’lni bosib o’tgan. Ustoz ularni to’g’ri yo’lga boshlagan, bolalar duch kelgan qiyinchiliklarni yengishga yordam bergan. Maktabning keying bosqichida ular o’zlari o`rgangan barcha bilimlarini, albatta, amaliyotda qo`llashadi.
Boshlang’ich sinfni tugatgan 4- «B» sinf o’quvchilarini chin dildan tabriklaymiz!



