Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi uyiga tashrif

Xotira haftaligi doirasida 4-«B» sinf o`quvchilari sinf rahbari Zulfiya Nailyevna rahbarligida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Axtariyeva Adiba Abzalovna uyiga sayohat uyushtirildi.

Bolalar ushbu tadbirga yaxshi tayyorgarlik ko’rishdi. Ular sovg’alar bilan kelishdi, 4-«A» sinf bilan birgalikda mablag yig’ildi. Adiba Abzalovna o`quvchilarimizni juda iliq kutib oldi. Bolalarga Ulug` vatan urushi bilan bog’liq bo’lgan voqealarni aytib berdi, ular o’sha davrdagi atmosferani his qilishdi va she’rlar o’qishdi, urush haqidagi qo’shiqlarini birga kuylashdi.

Adiba Abzalovna – Ulug` vatan urushi faxriysi. Uning yoshligi dahshatli urush davriga to’g’ri keldi, bu uning taqdiriga va ulug` vatan urushi davrini boshidan kechirgan har bir insonning taqdiriga ta’sir qildi.

Adiba Abzalovna Boshqirdistonda, Qoraboyevo qishlog’ida tug’ilgan. Maktabni tugatgandan keyin u kolxozda ishlay boshladi. Aynan shu paytda dahshatli urush boshlandi. Adiba Abzalovna va boshqa ko’plab qizlar harbiy zavodda pulemyot uchun yog’ochdan dastaklar yasashgan. Buning uchun 1944-yilda u «Mehnat fronti» medali bilan taqdirlangan. 1960-yilda taqdir taqozosi bilan u O’zbekistonga keldi va shu yerda yashash uchun qoldi. Bu yerda mamlakatimiz rivojiga qo’shgan  mehnatlari evaziga Adiba Abzalovna «Shuhrat», «Mehnat faxriysi» va sotsialistik musobaqa medallarini ham oldi

Bolalar urush haqidagi hikoyalarni urush  qahramoni bilan shaxsan suhbatlashib, uning o`zidan eshitish baxtiga muyassar bo«ldilar.

Ushbu tadbir e’tiborga loyiqdir, chunki urush faxriylari juda ham oz qoldi. Ularni yo`qlab borilgani onaxonga quvonch bag`ishladi. Vaqt o`tib bormoqda, odamlar ham shunday. Ajdodlar avlodlar bilan almashadi, hamma narsa tarixga aylanadi. Ammo kelajak avlodlar tinch hayot kechirishlari uchun o’z jonlarini fido qilgan qahramonlarni, albatta, bilishimiz kerak. Biz ularni hurmat qilishimiz va mana shunday baxtli kunlarimiz uchun ulardan minnatdor bo’lishimiz kerak.

Тилни танланг / Выберите язык