Maktabga yordam
  Shaxsiy kabinetga kirish

Ijodiy tasviriy san’at to`garagi

Tojiboeva Muqaddam Salohiddinovna va Tegay Nadejda Yuryevna rahbarligidagi ikki ijodiy to`garak: tasviriy san’at va badiiy ijodkorlik to’garaklarida bolalar noan’anaviy rasm chizish sirlarini o’rganadilar, masalan: toshga rasm chizish, kofe texnikasi, pointilizm, 3D texnikasi, nitkografiya, plastilinografiya, chizish, applikatsiya (qo’l mehnati orqali turli xil materiallar yordamida manzara yoki boshqa narsalarni tasvirlash usullaridan biri), origami (qog’ozdan qatlamli shakllarni tayyorlash san’ati). Atrof-muhitni chizish va badiiy tasvirlashga noan’anaviy yondashish orqali bolalarga o’zlarining ichki salohiyati va dunyoqarashlarini kengaytirish imkonini beradi, ularning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

 

Bizning o`quvchilar tasviriy san’at bo`yicha Yaponiyada o`tkazilgan xalqaro tanlovda ishtirok etdilar. Tadbirda qatnashgan har bir o`quvchimiz tashkilotchilar tomonidan Tashakkurnoma va Sertifikat bilan taqdirlanishdi.

Наши ребята участвовали в Международном конкурсе рисунков в Японии. Это Благодарственное письмо организаторов и именные Сертификаты каждому участнику

Тилни танланг / Выберите язык