“JONLI SHE’RIYAT” LOYIHASI

O`quvchilarni qanday usulda o`qish va  qiziqarli badiiy adabiyot olamiga qiziqtirish mumkin? Aynan shu maqsadda 2016-yilda O’zbekistonda «Jonli she’riyat» xalqaro loyihasi yaratildi.

«IZB» xususiy maktabi 2017-2018- yillardan beri ushbu loyihada faol ishtirok etib kelmoqda.

Tanlovda 5-11-sinf o’quvchilari ishtirok etadi. Loyiha shartiga ko`ra, o`quvchi 3-5 daqiqada nasriy parchani yoddan ifodali o’qib berishi kerak. Albatta, bolalar o’zlarining sevimli kitoblarini tanlashlari, uni his qilishlari, mazmuni bilan yaxshiroq tanishishlari kerak.

“IZB” maktabida bu tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar ko’p, maktab bosqichida hatto ko`plab boshlang’ich sinf o’quvchilari ham  qatnashadilar.

2018 -yil  8-sinf o’quvchisi Madumarova Mahbuba (Ch. Aytmatov «Onalar dalasi») «Jonli she’riyat» tanlovi final bosqichining g’olibi bo’ldi. O’zbekistondagi barcha ishtirokchilar orasidan faqat M. Madumarovaga “Artek” oromgohiga bepul yo’llanma berildi.

2019- yilda finalda S.Pattaev (6-sinf), X. Bahodirov (7-sinf), D.Ahmedov (6-sinf), M.Rahimov(4-sinf)lar ishtirok etishdi.

“Yosh kitobxonlar” tanlovi g’oliblaridan biri bo’lgan Rahimov Muhammadali Belorussiya Respublikasiga yo’llanma bilan taqdirlandi. 2020- yilda Rahimov M. (5-sinf), Gnusareva A. (8-sinf), Ahmedov D.(7-sinf)lar «Jonli she’riyat» loyihasining finalida qatnashdilar.

  1. Mirzanazarova – “Yosh kitobxonlar” xalqaro tanlovining O’zbekistondagi milliy kuratori. Tanlovda ishtirok etish bepul. Rus tili va adabiyoti o’qituvchilari Karimova M. M., Irsmanbetova L. R. (sinf rahbari), Tojiboeva L. E. (sinf rahbari)   loyihada ishtirok etish uchun bolalarni tayyorlashadi.

«Jonli she’riyat» loyihasi o`quvchilarning aktyorlik qobiliyatini ochib beradi,  ifodali o’qish madaniyatini yuksaltiradi. Shuningdek, bu tanlov bolalarga sayohat qilish va yangi do’stlar orttirish imkoniyatini beradi.

Тилни танланг / Выберите язык