SAYYORAMIZ BO`YLAB QADAM-BAQADAM

Maktabimizda bu to`garak tashkil topgan kundan to hozirgi kungacha o’quvchilairmizning har tomonlama rivojlanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. O’quv jarayonida o`quvchilarimiz turli mamlakatlarga tashrif buyurishadi. Bularning barchasi turli musobaqalar, olimpiadalar, treninglar va qiziqarli ekskursiyalar orqali amalga oshiriladi. Sayohat qilish bizning o’quvchilarimizga har tomonlama rivojlanish, dunyoqarashini boyitish, boshqa mamlakatlar va mintaqalar madaniyati, urf-odatlari bilan tanishish imkonini beradi, natijada ularning hayoti yanada qiziqarli va taassurotlarga boy bo’ladi. Bunday tadbirlar bolalarimizga maktab sharoitidan tashqarida bir-birlarini yaxshiroq bilishlari va  birlashishlariga ko`maklashadi, do’stlikni qadrlashga o’rgatadi.

Тилни танланг / Выберите язык