Barcha erkaklar kabi o`g`il bolalarimizning eng sevimli to`garak mashg`uloti – futboldir. Maktabimizdagi futbol maydoni – o’g’il bolalarning eng sevimli joyidir. Ushbu sport turi bo’yicha mashg’ulotlar haftada bir marta o’tkazilib, ularni murabbiy Shohruh Mahmudov boshqaradi. Har bir sinfda turli musobaqalarda maktab sharafini munosib himoya qiladigan iqtidorli sportchilar bor. Maktab futbol jamoasi tarkibiga quyidagilar kiradi: Bahodirov Timur, Mirhidoyatov Rasuljon, Zokirjonov Shohjahon, Tillaev Muhammadyusuf, Mahmudov Asadbek, Raximov Tamerlan, Jamshidov Muhammad, Karimov Oybek. Asosiy o’yinchilar – Muhammad Sardor va Bilol – taniqli futbolchi Odil Ahmedov shogirdlari. Bo’lajak sportchilar zamonaviy mini-stadionlarda boshqa maktablardagi tengdoshlari bilan mashg’ulotlar va o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkazadilar. Sportchilarimizning har bir g’alabasi maktab ma’muriyati tomonidan munosib rag’batlantirilib boriladi.



