Maktabga yordam
  Shaxsiy kabinetga kirish

Shaxmat to`garagi bola tarbiyasida judayam muhim ahamiyatga ega, u mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi, xotirani yaxshilaydi va mustaqil qaror qabul qilishga yordam beradi. Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda shaxmat maktablarda o’quv fani sifatida kiritilgan.  Prezidentimizning 2018- yil 9- avgustdagi PQ-3906-sonli qaroriga asosan O’zbekistonda shaxmat sport tiri ta’lim dasturining bir qismi sifatida kiritildi.

    «IZB» NTMda o’quvchilar shaxmat bo’yicha mashg`ulotlarni o`qishning ilk kunlaridanoq  boshlaydilar.  Dastlab shaxmat fakultativ dars sifatida olib borilgan va 2016-2017- o’quv yilidan boshlab esa u asosiy mavzulardan biri bo’lib kelgan. Bugungi kunda shaxmat darslari1-8-sinflarda haftasiga 2 soat davomida o’tkazilmoqda. Shaxmat xonasining ostonasidan o’tib, bolalar darhol shaxmat donalari shohligiga kirib, u yerda taniqli sport ustalari – sportchilarning portretlarini uchratishadi. Shaxmat taxtasi shaklidagi qora va oq qavat, soat, raqamlar tushirilgan katta shaxmat taxtasi – barcha aksessuarlar bolalarga o’zlarini peri shaxmat olamiga singdirishga imkon beradi. Sport ustaligiga nomzodlar Raximov Jahongir Usmonovich va Zokirov Orifjon Odiljonovich ushbu sport sirlarini o’rganishda yordam berishmoqda.

Maktabda muntazam ravishda musobaqalar o’tkaziladi, unda bolalar o’z qobiliyatlarini faol namoyish etadilar va rag`batlantiriladilar. Viloyat va respublika chempionatlaridagi g’alabalar sportchilarimizning mashaqqatli mehnatlari natijasidir.

Har yili mart oyida Respublika nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi tomonidan  musobaqalar o’tkaziladi. 2018-yilda jamoamiz 4-o’rinni egallagan

Тилни танланг / Выберите язык