Koreya Respublikasi elchixonasida tashkil etilgan Ta’lim markazi bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomaga asosan koreys tili maktabimizning quyi sinflarida o’rgatilmoqda. Koreya Respublikasi ta’lim markazi o`quvchilarimizning koreys tilini o’rganishlari uchun yordam berib kelmoqda: koreys tili bo’yicha darsliklar (mualliflar: L. V. Pak, T. V. Soy, T. G.Ten, U. S.Li, Sh. S. Qosimova ) va yorqin illyustratsiyalarga boy koreys tilidagi badiiy adabiyotlar to`plamlarini taqdim etishdi.



