Ta’til – maktabga bormaslik uchun sabab emas

“IZB” xususiy maktabi eshiklari  o’quvchilarimiz uchun yil davomida, hatto ta’til kunlari ham ochiqdir.  Ta’til davrida bizning tashkilotchi va tashabbuskor o’qituvchilarimiz turli xil qiziqarli madaniy-ma`rifiy ko`ngilochar  tadbirlar, o`quv fanlaridan qo’shimcha mashg`ulotlarni o’z ichiga olgan dasturni tayyorlaydilar. Bolalar o’quv yili yangi choraklarining boshlanishini kutmasdan, maktabga borishlari, u yerdagi do’stlari bilan ko’rishishlari, turli ijodiy va rivojlantiruvchi to’garaklarga, matematika, […]

O`quvchilarimiz matbuot sahifalarida

Bugun viloyatimizdagi “Ruslar markazi” qoshida tashkil etilgan «Yosh jurnalistlar klubi» a’zolari bo’lgan o`quvchilarimiz «Namangan haqiqati» gazetasi tahririyatiga tashrif buyurishdi. Ularga muharrirlik ishi bo’yicha kichik mahorat darsi o’tkazildi. Bolalar juda ko’p qiziqarli ma’lumotlarni bilib oldilar, gazetaning tarixi (1920-yil noyabridan beri nashr etila boshlangan) va tahrirlash jarayoni bilan tanishdilar, o’zlarini muharrir lavozimida sinab ko’rishdi, intervyu olishni o’rganishdi. […]

Biz YaKlass-da – TOP-da!

Maktabimiz o`quvchilari “YaKlass” ta’lim platformasidan judayam faol foydalanishmoqda, deb birinchi marta aytayotganimiz yo’q. Mana, o`quv yilining yangi oyi ham boshlandi, lekin maktabimiz  natijalari aslo pasayib ketgani yo`q. Shunday qilib, har kuni saytda olib boriladigan statistik ma’lumotlarga ko’ra (bu yana bizning bolalarning platformadagi faolligini kuzatish va nazorat qilishga yordam beradi), maktabdagi sinflar orasida 6-“A”sinf  o`quvchilari birinchi […]

«Iqtisodiy savodxonlik» olimpiadasi natijalari

YaKlass  xalqaro olimpiadasining » Iqtisodiy savodxonlik» tanlovi natijalari tahlil qilindi. Ushbu olimpiada uch bosqichda bo’lib o’tdi. Uchinchi,  ya’ni final bosqichi 21-oktabr kuni bo’lib o’tdi. Olimpiadada qatnashish mutlaqo bepul. O’zbekiston Respublikasi maktab ta’limi davlat dasturiga » Iqtisodiy  savodxonlik» fani kiritilmaganiga qaramay, bizning maktab o`quvchilari (5-9-sinflar) bu tanlovda sidqidildan qatnashdilar va hattoki sovrinlarni ham qo’lga kiritdilar. Olimpiadaning […]

“Jonli she’riyat” davom etadi!

Maktabimizda «Jonli she’riyat»  tanlovi davom etmoqda. Ham boshlang`ich, ham yuqori sinf o’quvchilari tanlagan badiiy asarlarini ifodali va ta’sirchan yo`sinda yoddan shunday  o’qishdiki, ular hay’at  a’zolarini hayratda qoldirishdi. Barcha bolalar iqtidorli! Tez orada keyingi bosqichga yo’l olganlarni e’lon qilamiz. Faol ishtirok etganingiz uchun barchangizga tashakkur! Keyingi musobaqalarda omad tilaymiz!

«Jonli she’riyat» saralash bosqichi boshlandi

Noyabr – rus va ingliz  tili fanlari oyligi.  Har yili rus tili fani oyligi davomida maktabimiz uchun an’anaviy bo’lib kelgan «Jonli she’riyat» xalqaro ifodali o’qish tanlovida qatnashamiz. Bu tanlobga o`quvchilarimiz katta ishtiyoq bilan qatnashmoqdalar. 25-noyabr kuni yuqori sinf  o’quvchilari o’rtasida «Jonli she’riyat» tanlovining saralash bosqichi boshlandi. Shuningdek, boshlang’ich sinf o’quvchilari ham ishtirok etishdi. Tanlovning yosh […]