«She’riyat bo`stoni» tanlovi: g’alaba bilan qaytish

Toshkentda har yili o’tkaziladigan «She’riyat bo`stoni» tanlovida qatnashgan o`quvchilarimiz bundan estetik  zavq olishadi,  ajoyib taassurotlar va g’alaba bilan qaytishadi. Mana, bugun ham bizning ”IZB” maktabi ishtirokchilarimiz yuqori saviyada tayyorlangan chiqishlari bilan munosib ishtirok etdilar.

Bizning kichik yulduzlarimiz – Sabinabonu, Sohiba va Zilola o’zlarining chiqishlari bilan barchani maftun etishdi. Sohiba doira sadolari ostida raqsga tushib tomoshabinlarning e’tiborini torta oldi. Umijon doira chalib, musiqiy asbobni mohir qo’llar bilan o’ziga bo`ysundira oldi. Zahiriddin Muhammad Boburning asarini o’qiyotgan Alisher chopon va salla bilan haqiqiy shoirga o’xshardi. Mohlaroyim milliy kiyimda, qirqta kokillari bilan tomoshabinlarning mehrini qozondi.

Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi, ular bu tadbir tufayli katta tajriba oshirishdi.

Maktabimiz nomidan munosib ishtiroklari uchun o`quvchilarimizga cguqur  minnatdorchilik bildiramiz!

Тилни танланг / Выберите язык