Bugungi kunda bolalar uchun robototexnika sirlarini  o’rganishlari uchun maktabda qo’shimcha to’garaklar tashkil etilgan. Ko’plab ota-onalar quyidagi savollar bilan murojaat qilishmoqda: «Robototexnika bolalar uchun nimaga kerek?»  Bunday mashg`ulotlar bolaning ijodkorligini rivojlantiradi. Agar farzandingiz texnologiyaga qiziqsa, albatta, uni robototexnika to`garagiga bering.

Robototexnika o`quvchining fizika bo’yicha bilimlarini amalda mustahkamlashga yordam beradi, yaratigan dastur natijasini darhol ko’radi, muhandislik fazilatlarini namoyon etadi va o’z loyihasini yaratishga imkoniyat beradi.

Keyinchalik esa sport robototexnikasi bolalarni shu yo`nalishlar bo`yicha kasb tanlashlariga amaliy yordam beradi. Bu – havaskor dizaynerlar klubi emas. Mashg`ulotlar maksimal majburiyatlarni va mas’uliyatni, turdoshi fanlarni o’rganishni, doimiy mashg’ulotlarni va xatolar ustida ishlashni talab qiladi.

Тилни танланг / Выберите язык