Maktab juda zo’r! O’qituvchilar jamoasi – shunchaki super! Aynan shu maktabda biz xalqaro olimpiadalarda istirok etishni boshladik. Maktab rahbariyati va jamoasi faoliyatida ijodiy va innovatsion yondashuv!
Maktab juda zo’r! O’qituvchilar jamoasi – shunchaki super! Aynan shu maktabda biz xalqaro olimpiadalarda istirok etishni boshladik. Maktab rahbariyati va jamoasi faoliyatida ijodiy va innovatsion yondashuv!
Farzandlarim an’anaviy ta’lim muassasalaridan sharqona mentalitetga asoslangan o’qitish va dunyoviy ta’limga innovatsion yondoshish bilan ajralib turadigan «Istiqbol zamon bolalari» xususiy maktabida o’qishlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo’lishganidan xursandman. Turli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun sharoit yaratib bergani uchun maktab jamoasiga alohida minnatdorchilik bildiraman
Men bu maktabni hammaga tavsiya qilaman. Ular ijobiy ta’lim tajribasini ta’minlash uchun oilalar bilan hamkorlik qilishadi. O’qituvchilar adolatli va juda tajribali. Eng asosiysi, bu yerda mehribon o’qituvchilar va do`stona muhit mujassam.
Bizning kelajagimiz aynan “IZB” maktabi bilan bog’liq bo’lib, bu yerda qizim ingliz tili va matematikadan chuqur bilimga ega bo`lmoqda, fikrlash doirasi kengayib, mukammal tarbiya olmoqda. «IZB» maktabi – universitetga kirish uchun yaxshi tramplin
Maktabda mutlaqo psixologik muhit mavjud. Bolalarning bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshiradigan o’qituvchilarni alohida ta’kidlashni istardim. Maktabimizda o’rganish uchun chet tillarni tanlash imkoniyati mavjud. Xorijdan o’qituvchilar jalb qilingan.
Men Matlyuba Ruvajiddinovnani ko’p yillardan beri bilaman. U – o’z sohasining yetuk mutaxassisi. Maktabga yanada yuksalish va yangi muvaffaqiyatlarni tilayman!
“IZB” maktabi juda yaxshi, sifatli o`z o`quv dasturga ega va masofaviy o’qitish usuli an’anaviy usuldan unchalik farq qilmaydigan darajada o’ylangan. Maktabda juda ko`p qiziqarli loyihalar mavjud, qizim ularning ko’pchiligida qatnashadi. Maktab hayotidagi faol ishtiroki tufayli u o’ziga va bilimiga bo`lgan ishonchini oshirdi. Bunday sifatli ta’lim uchun “IZB” jamoasiga katta rahmat!
Ta’lim sohasida ortda qolgan 40 yillik tajribam va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ustoz va xalq ta’limi a’lochisi bo’lganim uchun ishonch bilan aytishim mumkinki, “IZB” kabi maktablar bolalar uchun voyaga yetganida zarur bo’lgan bilimlarning asosini yaratadigan kelajak maktablaridir. Maktab direktori Matlyuba Ruvajiddinovna rahbarligidagi o’qituvchilar jamoasi bolalarga nafaqat maktab dasturini o`zlashtirishlari, balki har tomonlama rivojlanib borishlari uchun astoydil mehnat qilishadi.
«Istiqbol zamon bolalari» maktabi bolamizning har tomonlama aqliy, jismoniy va estetik rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratgan. O’qituvchilar har bir o’quvchiga uning o`ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda yondashadilar. Biz farzandmizga ta’lim berish uchun “IZB” maktabini tanlaganimizdan juda xursandmiz.
“Istiqbol zamon bolalari” maktabi menda ajoyib taassurot qoldirdi. Menga, ayniqsa, hamma uchun tanishish imkoni bo’lgan juda ko’p ma’lumotlar omboriga ega veb-sayt tashkil qilish g’oyasi juda yoqdi. Maktab saytingiz menga ilhom manbai bo’lib, bizning maktabimiz ham xuddi shunday saytni yaratdi. Hozir internet asri, shuning uchun zamon bilan hamnafas bo’lish kerak.