“IZB” maktabidagi yozgi oromgoh dasturi nafaqat maktabdagi fanlarni, balki sport tadbirlarini ham o’z ichiga oladi. Masalan, bolalar kartodromda katta ishtiyoq bilan poyga mashinalarida o’zaro musobaqalashishadi. Mini-poyga – bu shunchaki o’yin-kulgi emas. Kartodromdagi karting mashg’ulotlari nafaqat ijobiy his-tuyg’ularni uyg`otadi, balki haydash ko’nikmalarini egallashga yordam beradi, bolada bir qator ijobiy xulq-atvor xususiyatlarini shakllantiradi va har tomonlama rivojlanishi uchun foydalidir. Bundan tashqari, karting u darajada xavfli emas. Karting mashinasining tezligi past va  unda uzatmalar qutisi yo’q. Ushbu sport turi bilan 5 yoshdan shug’ullanish mumkin.

Karting bilan shug`ullanish bolaga maqsadga intilishni va qat’iyatli bo`lishni o’rgatadi. Ushbu sport turi shaxsni shakllantirishda muhim bo’lgan psixologik chidamlilik, mustaqillik va mas’uliyat hissini rivojlantiradi. Harakatlarni muvofiqlashtirish, reaksiyaning tezligi, adolatli kurash strategiyasi, vaziyatni darhol baholash va to’g’ri qaror qabul qilish qobiliyati – bularning barchasiga karting bilan shug`ullanish orqali erishish mumkin.

Bizning oromgohimizda bolalar kun ora karting to`garagiga tashrif buyurishadi. Bu o’g’il bolalarning sevimli mashg’ulotlaridan biri. Ular avtomashinalarni katta zavq bilan boshqaradilar, tezlik, epchillik bilan raqobatlashadilar, poyga mashinasini boshqarish qobiliyatini namoyish etadilar, turli xil manevralarni amalga oshiradilar, tezkor munosabat bildiradilar va vaziyatni baholaydilar. Yuqorida aytilgan imtiyozlardan tashqari, ular u yerda kun bo’yi ko`tarinki  kayfiyatda bo’lishadi.

Тилни танланг / Выберите язык