Imomdan ruhiy ko’rsatmalar

Bugun ”IZB” maktabiga  Namangan shahri Abu Yusuf masjidi imom xatibi Abdulbosit Yusufga tashrif buyurdi. U bizning maktab o`g`il bolalari bilan qiziqarli uchrashuv o’tkazdi. Ular bilan suhbatda imom bolalarning ota-onalari va ustozlari oldidagi majburiyatlarini gapirib o’tdi. U ularga har bir inson Olloh oldida javobgar ekanligi va ularning olgan bilimlari, aqllari va ixtirolarining qadrlanishi, faqat bulardan maqsadli  foydalanish kerakligi haqida eslatdi.

O`quvchilar, o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. Keyingi uchrashuv uchun Abdulbosit domla bolalarga uy vazifasi berdi.

Bolalar  har tomonlama rivojlanishi kerak. Zero, o`qish nafaqat aqliy bilim, balki ma’naviy-axloqiy tarbiya hamdir, shuning uchun bunday uchrashuvlar maktabimizda qo’llab-quvvatlanadi, o’quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

Тилни танланг / Выберите язык