Otinoyi bilan qizlar uchrashuvi

Shaxsning barkamol rivojlanishi uchun ma’naviy-axloqiy tarbiya juda muhimdir. Bizning maktabimizda bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ustozlar bu haqda ertalabki yig`ilashlarda, turli uchrashuvlarda, tarbiyaviy soatlarida suhbatlashishadi. O’quvchilarimizga ma’naviy-axloqiy tarbiya berish maqsadida ba’zan hurmatga sazovor bo’lgan ma’naviyatchi yetakchilar va ustozlar maktabga taklif qilinadi.

Yaqinda maktabimizga tashrif  buyurgan Muniba Mukarramova “Iqtidor ta’lim” NTMda arab tili va  tajviddan dars beradi. Mudarris ayol qizlarimiz bilan mazmunli suhbat o’tkazdi. U ayollarning jamiyat va hayotdagi o’rni, ularning ota-onalariga bo’lgan munosabati haqida gapirdi. Qizlar kattalar oldida o’zini qanday tutish, qanday kiyinish va muomala madaniyati, odob-axloq qoidalari to’g’risidagi suhbat o`quvchilar uchun judayam qiziqarli bo`ldi. Suhbat davomida ular o’zlarini qiziqtirgan diniy savollariga javob oldilar.

Munira Mukarramova maktabimiz qizlari haqida juda ijobiy fikr bildirib, ularning tashqi qiyofasi, tarbiyasi, kamtarligi va jamoat joylarida o’zlarini tutish madaniyatlarini alohida e`tirof etdi.

Bunday uchrashuvlar juda foydali va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, bolalarimizni to’g’ri yo’lga yo’naltirishda, yaqinlariga bo’lgan muhabbat va hurmatni shakllantirishda, eng yuqori qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilishda yordam beradi.

Тилни танланг / Выберите язык