Bugun tarix oyligi doirasida 6-“A” sinfda yosh, ammo tajribali, bilimli tarix o’qituvchisi Leviza Refatovna rahbarligida ajoyib ochiq dars o’tkazildi. Dars mavzusi – «Afinadagi demokratiya». Dars jamoaviy raqobatga asoslangan bo’lib, o`quvchilarni ahillik va faollikka undadi. Bolajonlar tarixni naqadar sevishlari va mavzularni yaxshi o`zlashtirganlari, o’zlarini erkin mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini namoyish etdilar. Dars jarayonida zamonaviy hayot bilan bog’liq ko’plab tarbiyaviy daqiqalar ham tashkil etildi. O’tilgan mavzuni mustahkamlash va olgan bilimlarni tekshirish bilan bir qatorda, ushbu darsda bolalar juda ko’p yangi, notanish so’zlar bilan tanishishdi. Dars ishtirokchilar uchun ham, mehmonlar uchun ham taassurotlarga boy bo’ldi.
Yanada kuchli bilimlarga ega bo`lishda 6-“A”sinfga omad tilaymiz!



