Maktablarda STEAM o’qitishning liderlik kompetensiyalari va usullari

Vaqt kutib turmaydi. Davr  o`tishi bilan birga ilm-fan va ta’lim ham rivojlanib boradi. So’nggi o’n yil ichida STEAM ta’limi loyihasi peshqadamlik qilib kelmoqda.

STEAM – inglizcha qisqartma bo’lib, S – Science, T – tech, E – engineering, A – art va M – mathematics so`zlari o`zbek tilida «tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik san’ati, ijodkorlik, matematika» degan ma’noni anglatadi. Aynan mana shu fanlar zamonaviy ta’limda eng dolzarb fanlar bo’lib kelmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda STEAM ta’lim tizimi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi fanlararo va amaliy yondashuvdan foydalanishga hamda beshta fanni yagona o’qitish sxemasi uyg`unlashuviga asoslangan.

 10-may kuni Namanganda «Liderlik kompetensiyalari va maktablarda STEAM o’qitish usullari» xalqaro forumi bo’lib o’tdi. Forumda A. Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati, Shimoliy Jorjiya (AQSh) instituti professori Karliz Veyn, Namangan, Qo’qon, Buxoro, Toshkent viloyati va Toshkent shahri maktablari direktorlari va o’qituvchilari ishtirok etishdi.

«Istiqbol zamon bolalari» xususiy maktabining direktori Madaminova Matlyuba forumni ochib berdi va barchani ishtirokchilar bilan tanishtirdi. Forum davomida Matlyuba Madaminova barchani o`z hayotiy tajribalari asosida yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish usullari,  nazariyani amaliyot bilan bog`lashning yangi metodlarini joriy etish haqida yorqin misollar bilan o`rtoqlashdi. Turli sinflarda ingliz tilida so’zlashadigan mamlakatlar haqida o’qituvchilar tomonidan loyiha asosida o’qitishga xoslangan darslar o`tildi. Amaliy konferentsiyada Namangan shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o’rta maktab o’quvchilari qatnashdilar,ular mukammal so`zlash qobiliyatlari va o`z faoliyatlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo`yicha olgan bilimlarini namoyon etdilar. Namangan shahridagi 66-maktab direktori Qoriev Mirzohid tinglovchilarni STEAM texnikasi asoslari bilan tanishtirib, loyihaning afzalliklarini misollar yordamida batafsil tushuntirib berdi. Taqdim etilgan ma`lumotlar yig’ilganlar orasida chinakam qiziqish va qizg’in munozaralarni uyg’otdi.

Namagan davlat universiteti, «Ingliz tilini o’qitish metodikasi» kafedrasi mudiri, dotsent, pedagogika fanlari bo`yicha  falsafa doktori G’ayrat Tojiboev forumda so’zga chiqdi va «Boshlang’ich sinfda ingliz tilini o’qitishning kommunikativ yondashuvlari» mavzusida mahorat darsi o’tkazdi. Forum ishtirokchilari, shuningdek, Amerika Kengashining ingliz tilida  milliy dasturi mutaxassisi, shuningdek, yosh o’quvchilarga ingliz tilini o’rgatish bo’yicha xalqaro tajribaga ega Vendi Kulson tomonidan o’tkazilgan “Student-oriented learning using national textbooks” («Milliy darsliklardan foydalangan holda o`quvchilarga yo’naltirilgan ta’lim») mavzusidagi seminar davomida yana ko`plab tajriba to’pladilar. Kulson o’qituvchilarning sinfda muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirish va o’quvchilarga yo’naltirilgan interfaol usullardan foydalanish uchun  turli usbublarni taqdimot qildi.

 Forumning yakuniy qismida M.Madaminova  hammaga minnatdorchilik bildirdi va forum ishtirokchilariga tantanali ravishda sertifikatlar topshirdi.

Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy instituti rahbariyati tomonidan qo’llab-quvvatlangan bu loyiha,  maktablarda o’qitish sifatini oshirish bo’yicha tashabbus barcha kutilgan natijalarni berganligini alohida ta’kidlash kerak. A. Avloniy instituti tomonidan Shimoliy Jorjiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan liderlik qobiliyatlarni rivojlantirish va menejment asoslarini o’rganish kurslarida respublikamizdagi 25nafar maktab direktorlarining o’qishlari yakuniga yetmoqda va bu kutilgan natijalarni bermoqda!

Тилни танланг / Выберите язык