Ta’lim sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega bo’lgan boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Ijodkor, do’stona munosabatlarni o’rnata oladigan, bolalar va ota-onalar bilan osonlikcha umumiy tilni topa oladigan inson. Uning alohida fazilati – bolalarga bo’lgan kuchli muhabbati. Faoliyatida ijodiy fikrlashni oshiradigan, bolalarning ijodiy faolligini va nutqini rivojlantiradigan «Singapur uslubi» o’qitish metodikasidan unumli foydalanadi. Tadbirlarni ajoyib yangi innovatsion usullarda tayyorlaydi.