Yaqinda Namanganni O’zbekistonning ikkinchi poytaxti deb atashmoqda va bu bejiz emas. Yildan yilga Namangan shahri ko`chalari bo`ylab sayohat qilsangiz, shaharning naqadar zamonaviy qiyofa aks etganining guvohi bo`lishingiz mumkin. Bu yerda eng katta bog’lardan biri «Afsona» va Prezident maktabi joylashgan bo’lib, yana bir katta loyiha – «Namangan Square» biznes va ko’ngilochar markaz qurilishi amalga oshirilmoqda. Yaqinda yana bir muhim diqqatga sazovor joy qo’shildi – butun viloyatimiz ahli intiqlik bilan kutgan yangi ziyo maskani – yoshlar kutubxonasi ochildi.
Yangi kutubxona maydoni 3,5 ming kvadrat metrdan ortiq, uch qavatli, pastki qavatda katta arxiv, kafe va yuqoriga ko’tarilgan favvora. Bu yerda 120 ming kitob, kompyuter zali, O’zbekiston madaniyati bilan tanishish va maqomlarni tinglash mumkin bo’lgan madaniy burchak, startap-loyihalarni amalga oshirish uchun kovorking zonasi va IT-parkning «yashil zonasi» va yosh dasturchilar faoliyati aks etgan burchak. Bundan tashqari, bu dunyodagi eng katta kutubxonaga kirish imkoniga ega bo’lgan «raqamli kutubxona» bo’lib, u orqali 6 000 000 dan ortiq elektron kitoblar va 250 000 audiokitoblar mavjud. Britaniya kutubxonasi, Avstraliya kutubxonasi, Moskva davlat universiteti va Gorkiy kutubxonasi kabi jahon adabiyoti xazinalari omborlari mavjud. Bu maskan, haqiqatan ham, mutolaa uchun , ijod qilish uchun qulay bo`lgan maroqli joy deb
Ushbu kutubxonaning ochilishi ancha shov-shuvlarga sabab bo’ldi, chunki u judayam uzoq kutilgan edi va loyihaning o’zi ham juda jozibali ko’rinishga ega edi. Kutubxona kutilgandan ziyoda edi. Ushbu kutubxona shahar aholisi, yoshlarning o`z ustilarida ishlashlari uchun yangi rivojlanish bosqichini aks ettiradi.
Endi kutubxonaning eshiklari nafaqat o’qishni istaganlar uchun, balki u yerdagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish uchun ekskursiyaga kelganlar uchun ham ochiq. O`quvchilarimiz bunday imkoniyatni rad etishmadi va yangi kutubxonaga mamnuniyat bilan tashrif buyurishdi. Ular qanday hayratga soladigan kitob javonlar orasini aylanishdi, yap-yangi kitoblarning shitirlagan sahifalarini varaqlagan paytida ularning ko’zlari shunday porladiki! Bu yerda kitobning ashaddiy muxlislari javonlardan qiziqarli ma’lumotlarni qidirib topishni xohlaydilar.
Yangi kutubxona hech kimni befarq qoldirmadi. Hozirda bu kutubxona o`quvchilar uchun darsdan so`ng sevimli maskan, shuningdek, respublika miqyosidagi turli tadbirlarni tashkil etish uchun qulay dargohdir.