Rossiyaning YaKlass ta’lim platformasi.
Pandemiya paytida yuzaga kelgan qiyinchiliklar va ta’limdan uzilish maktab ma’muriyatini masofadan o’qitishda ishonchli hamkor topishga undadi. YaKlass bilan muvaffaqiyatli hamkorligimizni boshlaganimizdan juda xursandmiz. 300 nafardan ortiq (2-9- sinflar) maktab o`quvchilari ushbu platformada faol ravishda onlayn ishlaydilar.

Dasturning qulayliklari:

  • o’qituvchi va ota-onaning o’quvchilarning uy vazifalarini bajarishlarini nazorat qilishlarini osonlashtiradi
  • dastur har bir topshiriqni alohida baholab beradi
  • o`quvchining fanga qiziqishini oshiradi
  • sinflar, parallel sinflar, maktab kesimida har bir o’quvchining olgan bilim va ko’nikmalarining reytingini belgilaydi.
  • raqiblar o’rtasida sog’lom raqobatni rivojlantiradi
  • o’qituvchilar, ota-onalar va o’quvchilar jamoasini bitta do’stona jamoaga birlashtiradi
  • nazorat ishlarini bajarish paytida aldash va plagiatni taqiqlaydi
  • raqamli texnologiyalarni o’zlashtirish usullari bilan tanishtiradi.

Тилни танланг / Выберите язык