«IZB» maktabi turli xil loyihalarda faol ishtirok etadi. Maktab chet ellik o’qituvchilarni hamkorlikka taklif qilish imkoniyatiga ega, bu esa «IZB» uchun yangilik emas. Iyun oyining oxirida yana bir xalqaro darajadagi loyiha boshlanadi. Ushbu keng ko’lamli tadbir Toshkentdagi Amerika Vebster Universiteti bilan hamkorlikdagi «English summer camp» yozgi oromgohining ochilishidir.
Vebster universiteti – AQShdagi eng mashhur universitetlardan biri. Bu bosh ofisi Seynt-Luisda joylashgan xalqaro universitet. Universitetning Shveysariya, Avstriya, Gollandiya, Gretsiya, Xitoy, Tayland va Gana singari shaharlarda filiallari bor. 2019-yilda Vebster universiteti Toshkentda yana bir xalqaro talabalar shaharchasini ochdi. 3 yil davomida universitet katta mashhurlikka erishdi. Bu -Amerika universitetlarining O’zbekistondagi birinchi filiali.
Vebster universiteti «IZB» bilan hamkorlikda va Amerika elchixonasi yordamida maktabimiz qoshida yozgi oromgoh ochmoqda. Buning uchun universitet vakillarining tashrifi davomida ingliz tilida o’z taqdimotlarini namoyish etgan 20 nafar munosib o`quvchilar saralab olindi. Taqdimotlarning maqsadi – o’zlarining kichik loyihalarini taqdim etish va ularni yaratish jarayoni haqida so’zlab berish. Endi esa baxtli bolalar chet ellik o’qituvchilar bilan shug`ullanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu oromgohga tanlangan o’quvchilarimiz uchun ham, loyihada ishtirok etadigan o’qituvchilarimiz uchun ham katta tajriba maktabi bo`ladi. «English summer camp» oromgohi 27-iyun – 23-iyul kunlari «IZB» maktabida faoliyatini boshlaydi.



