Bugun 4-“A”sinfda «Can I have a cup of tea?»(«Men bir piyola choy ichsam bo’ladimi?») mavzusida noan’anaviy usulda ingliz tili darsi bo’lib o’tdi. O`quvchilar bir-birlari bilan ingliz tilida muloqot qilishdi, ovqat taklif qilishni va so’rashni o’rgandilar, salat tarkibini, sharbatlar turlarini, shirinliklarni o’rganishdi. Darsning o’ziga xosligi shundaki, bolalar mevali va sabzavotli salatlarni dars davomida o`zlari tayyorladilar mavzuga oid faol lug’at so`zlardan foydalandilar.
Nazariyani hayotga bog`ladilar. Natijada bolalar ijobiy his-tuyg’ular va zavqli lahzalarga ega bo`lishdi.
An’anaviy darslar bilan bir qatorda, bunday usuldagi darslar o`quv jarayonida juda muhim hisoblanadi. Bu o’quvchilarning mavzuga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi va hayotiy vaziyatda faol muloqotga kirishishga, ulardan samarali foydalanishga yordam beradi, hatto bunday noan’anaviy darslar jarayonida olingan ma’lumotlar bolalar xotirasida yaxshi qoladi.
Ajoyib ochiq dars uchun ingliz tili o’qituvchisi Dilrabo Tursunovnaga, faol ishtiroki uchun 4-sinf o’quvchilariga hamda yaqindan yordami va e’tibori uchun ularning ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz!



