7-“A” va 6-“A”sinflar: «Tilimizni asraylik!»

Bugun 7-“A” va 6-“A”sinflar mehmonlarni «Tilimizni asraylik!» mavzusidagi sinfdan tashqari qo’shma adabiy kechaga taklif qilishdi. Tadbirni rus tili va adabiyoti o’qituvchisi Larisa Ravilyevna olib bordi. Tadbir judayam ko`tarinki ruhda o`tkazildi. O’quvchilar A. Axmatova, A. Oripov, I. S. Turgenevlarning rus tili haqidagi she’rlarini o’qishdi, qo’shiqlar kuylashdi, sahna ko’rinishlari namoyish etishdi. Bolalar nafaqat o’zlarining ijodiy salohiyatlarini, balki rus tili va adabiyoti masalalariga bag’ishlangan kichik «breyn-ring»da ushbu fan bo’yicha bilimlarini namoyon etdilar.

   Tadbirning mohiyati shundaki,  unda yettinchi va oltinchi sinf o’quvchilari qatnashdilar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu shunchaki musobaqa emas, balki hamkorlik, do’stona sog`lom raqobatdir, chunki bu tadbirda katta yoshdagi o`quvchilar o`z bilganlarini kichiklarga o`rgatishdi.  Ushbu tadbirdan o`quvchilar ham, mehmonlar ham – hamma zavq oldi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, qobiliyatlarini namoyon etishga va vaqtlarini mazmunli  o’tkazishga yordam beradi

Тилни танланг / Выберите язык