
2024-yilning 8-iyulidan 12-iyuliga qadar Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi va Xalqaro Koreya ta’lim jamg‘armasi tashabbusi bilan Incheon shahrida (Janubiy Koreya) koreys tili bo‘yicha xorijiy mutaxassislar uchun 22-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjuman Hana Global Kampusida yuqori saviyada o‘tdi va 30 ta davlatdan 140 nafar mutaxassisni jamladi. Tadbir davomida ishtirokchilar xorijlik hamkasblarining ma’ruzalari, yetakchi koreyalik o‘qituvchilarning mahorat darslarini tingladilar va koreys tilini chet tili sifatida o‘qitishni yanada rivojlantirish strategiyalarini muhokama qildilar.









