Shaxmat bo’yicha murabbiy. Yosh, ammo o’z ishini juda yaxshi biladigan, mas’uliyatli, bolalar bilan tilni osonlikcha topisha oladigan inson. Shaxmat o’ynash bo’yicha o`z bilimlarini shogirdlari bilan oson, sodda tilda baham ko’radi va tushuntiradi. Shaxmat bo’yicha «sport ustasi» nomzodi. Murabbiylik faoliyati davomida 10 dan ortiq viloyat chempionlari, respublika musobaqalari qatnashchilari va o’g’il-qizlar o’rtasida shaxmat bo’yicha xalqaro turnirlarning sovrindorlarini tarbiyalagan va hanuzgacha tayyorlab kelmoqda.