O’z ishiga talabchan va qattiqqo’l. O’z ishining fidoiysi. Quvnoq xarakterga ega, shuningdek, bolalar hamda kattalar bilan osonlikcha umumiy tilni topisha oladi. 45 yillik faoliyati davomida oddiy rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi lavozimidan boshlab, viloyat pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyotlash institutining ilmiy-uslubiy ishlar bo’yicha prorektor lavozimida ishlagan. 20 yil davomida qo’shma o’zbek-turk litseyida katta o’qituvchi bo’lib ishlagan va yuzdan ziyod bitiruvchilarning hayotda o’z yo’llarini topishlarida beminnat xizmatlarini ayamagan. Qolaversa, ularning aksariyati nafaqat O’zbekistonda, balki chet ellarda ham yuqori lavozimlarni egallab ishlab kelmoqda. She’r o’qishni, qo’shiq aytishni yaxshi ko’radi. U musiqa maktabini ham tamomlagan.