Bugun boshlang’ich va yuqori sinf o`quvchilarining ertalabki yig’ilishda Xalqaro matematika olimpiadasi: «Kenguru» (Rossiya) va Bolgariya Olimpiadasi (Bolgariya) g`oliblariga sertifikatlar va medallarni tantanali topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu olimpiadalarda maktabimiz o’quvchilari har yili qatnashadilar. O`quvchilarimiz har yilgidek munosib o’rinlarni egallab, yaxshi natijalarga erishishdi.
Bronza, kumush va oltin medallar – avvalo, matematik ustozlarimizning mashaqqatli mehnatlari mahsuli, qolaversa, matematika fanining sir-asrorlarini mukammal o`rganayotgan, intiluvchan, izlanuvchan o`quvchilarning tinimsiz harakatlari samarasidir. O`quvchilarga keyingi xalqaro olimpiada va tanlovlarda ham muvaffaqiyat va zafarlarni tilaymiz!